So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Germaniya hamkorligi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy, gumanitar yo‘nalishlarda muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Xususan, ikki davlat o‘rtasida fan va ta’lim sohasidagi sheriklik ko‘p yillik tarixga ega. Germaniyalik olimlar, ilmiy doira vakillari azaldan yurtimiz tarixi, milliy urf-odati va an’analariga jiddiy qiziqish bilan qaragan. O‘z navbatida, mamlakatimiz keng jamoatchiligi ham Germaniyaning o‘tmishi va zamonaviy rivojlanish yo‘li, ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasini o‘rganishga alohida ahamiyat bergan.

Hozirgi kunda malakali mutaxassislar tayyorlash borasidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash ko‘p qirrali O‘zbekiston – Germaniya munosabatining muhim qirrasi hisoblanadi. Geologiya fanlari universitetida Saksoniya federal yeri oliygohlari vakolatxonasi ochilishini ayni jarayonning davomi sifatida baholash mumkin.

Ushbu voqea munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda turli vazirlik va idoralar rahbarlari, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, Germaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi doktor Tilo Klinner, Saksoniya federal yeri Fan, madaniyat va turizm vaziri Sebastyan Gemkov ishtirok etdi.

Qayd etilganidek, so‘ngi vaqtda mamlakatimizda ta’lim va ilm-fan sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, jumladan, yoshlarning xalqaro me’yorlar asosida bilim olishi uchun yaratilayotgan qulay sharoit, ilmiy-tadqiqot loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar Germaniyada qiziqish uyg‘otmoqda. Umuman, bugungi kundagi umumiy sa’y-harakatlar davlatlarimizning madaniy-gumanitar sohadagi hamkorligini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilmoqda.

Mazkur vakolatxonani ochishdan ko‘zlangan maqsad tog‘-kon, geologiya, mashinasozlik, materialshunoslik, geoekologiya, iqtisodiyot va biznesni boshqarish sohalari uchun mutaxassis tayyorlashda hamkorlik qilish va talabalar almashinuvini kengaytirishdir. Shuningdek, Saksoniyada o‘qish niyatidagi yoshlarning kasbiy tayyorgarligini oshirish uchun O‘zbekistonda tayyorlov kurslari tashkil qilish ham rejalashtirilgan.

Tadbirda vakolatxona faoliyati va kelgusida amalga oshirilishi ko‘zlangan qo‘shma loyihalar xususida ma’lumot berildi.

Go‘zal Sattorova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston – Germaniya. Oliy taʼlim hamkorligi yangi bosqichda