Farg‘ona – Turkiston: azaliy qadriyatlar tiklanadi
Ikki ulug‘ zot – Xo‘ja Ahmad Yassaviy va Burhoniddin Marg‘inoniy tufayli Farg‘ona va Turkiston zamini olimu ulamolari, hunarmandu san’atkorlari azal-azaldan yaqin do‘st, birodar, hamkor edi. Ammo zamonlar kelib bu yurtlar ikki davlat hududidan joy oldi. Turkiston bugungi Qozog‘istonning tarixiy obidalar shahri, Farg‘ona esa O‘zbekistonning iqtisodiy baquvvat yirik shaharlaridan biri bo‘ldi.
Samarqand shahrida o‘tkazilgan Birodar shaharlar xalqaro forumi doirasida Turkiston va Farg‘ona viloyatlari rahbarlari “Turkiston – Farg‘ona” birodarlik memorandumini imzoladi. Hujjat ikki hudud o‘rtasida sanoat, investitsiya, ta’lim va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi. Unga muvofiq, qo‘shma korxonalar tashkil etish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda turizm sohasida hamkorlik loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Muhammadjon Obidov, O‘zA