Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov foydalanilmasdan turgan noturar ob’ektlardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida avvaldan “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli bo‘lgan, foydalanilmasdan turgani uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi balansiga o‘tkazilgan sobiq 4- hamda 15-sexlari hududida bo‘ldi.

Maydoni 28 gektar bo‘lgan 4-sex hamda 8 gektar maydonda joylashgan 15-sex hududidagi avvalgi ishlab chiqarish binolari qarovsiz holatda, bino ichidagi konstruksiyalarning bir qismi ruxsatsiz demontaj qilingan. Viloyat hokimi bu jarayonni keskin tanqid qilib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasiga ushbu sexlar hududini lotlarga ajratish hamda elektron onlayn-auksion orqali jozibador loyihalarni joylashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. 4-sex hududi 19 ta, 15-sex hududi esa 9 ta lotga ajratiladigan bo‘ldi. Bu hududlarning tashqi infratuzilma (suv, elektr energiya, yo‘l) bilan to‘liq ta’minlanganligi tashkil etiladigan kichik sanoat zonalariga tadbirkorlarning qiziqishini ortirishi tabiiy.

“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJga avval tegishli bo‘lgan, Beshbola MFYda joylashgan hajmi 2,5 ming tonnalik sovutkichli sig‘imga ega bo‘lgan meva-savbzavot ombori viloyat hokimligining zaxira omboriga aylantiriladigan bo‘ldi. “Chimyon baraka savdo servis” MCHJga davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini tayyorlash yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Viloyat hokimi shuningdek , Farg‘ona shahrining Mustaqillik massivida 6 gektar hududda barpo etilishi rejalashtirilayotgan 18 ta 14-25 qavatli turar-joylar binolari qurilish ishlarini tezlashtirish, salohiyatli qurilish firmalarini aniqlab, yer uchastkalarini yagona elektron savdo maydonchasidagi elektron auksionga qo‘yish orqali sotilishini amalga oshirish bo‘yicha shahar hokimi Mirzohid Ubaydullayevga tegishli topshiriqlar berdi. Hozirda bu yerda 2 ta 16 qavatli uy qurib bitkazildi, 4 ta binoning esa poydevori qazildi.  

Shaharning Farg‘ona ko‘chasida joylashgan,  "Farg‘onaazot" AJga tegishli bo‘lgan hamda ixtisosli bo‘lmagan va foydalanilmayotgan aktivlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi balansiga o‘tkazilgan “Dugoba” yoshlar uyi binosi ko‘zdan kechirildi.

Viloyat rahbari 80 o‘rinli mehmonxona tipidagi bino hamda yonida joylashgan sport zalidan iborat “Dugoba” yoshlar uyidan samarali foydalanish, uni to‘la ta’mirlab, oliy ta’lim muassasalari talabalari yoki ilmiy xodimlari yotoqhonasiga aylantirish bo‘yicha ish tashkil etishni belgilab berdi.

M. Sulaymonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining bo‘sh turgan hududlarida kichik sanoat zonalari tashkil etiladi