Yozyovonda fazoviy rejalaştiriş işlari boşlandi
Farğona viloyatining Yozyovon tumanida istiqboldagi rivojlaniş yönalişlarini belgilaş, hududiy imkoniyatlardan samarali foydalaniş va mavjud salohiyatni töliq işga soliş maqsadida fazoviy-hududiy rejalaştiriş işlari boşlandi.
Şu munosabat bilan tuman hokimligida Xitoyning şaharsozlik va loyihalaş sohasida faoliyat yurituvçi nufuzli «China Urban Construction Design & Research Institute Co., Ltd.» davlat ilmiy-tadqiqot va konsalting instituti vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuvda tuman hokimi Dilşodjon Jalilov xorijiy kompaniya vakillari bilan suhbatlaşib, Yozyovon tumanining mavjud imkoniyatlari, iqtisodiy salohiyati va istiqboldagi taraqqiyot rejalari yuzasidan fikr almaşdi. Şuningdek, hududni kompleks rivojlantiriş, investitsiyalarni jalb etiş, yangi işlab çiqariş quvvatlarini taşkil qiliş hamda aholi uçun qulay yaşaş muhitini yaratiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Muloqot davomida tumanning uzoq muddatli taraqqiyot maqsadlari, ustuvor yönalişlari va fazoviy-hududiy rivojlaniş konsepsiyasini şakllantiriş masalalari muhokama qilindi. Jumladan, hududning tabiiy va iqtisodiy salohiyati, mavjud infratuzilmasi, yer resurslaridan oqilona foydalaniş imkoniyatlari atrofliça körib çiqildi.

Şuningdek, tumanning öziga xos xususiyatlaridan kelib çiqib, sanoat va xizmat körsatiş sohalarini kengaytiriş, yangi investitsiya loyihalarini amalga oşiriş, tadbirkorlik muhitini yaxşilaş hamda aholi turmuş farovonligini oşirişga qaratilgan takliflar yuzasidan fikr almaşildi.

Mazkur loyiha Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida amalga oşirilayotgan «Örta şaharlarni kompleks rivojlantiriş» hamda «Özbekistonda yaşaş uçun qulay va barqaror şaharlar» dasturlari doirasida Jahon banki iştirokida amalga oşirilmoqda.
Turob Niyozov, ÖzA