FARGʻONA: “Ekokerama” mahsulotlari importni sezilarli kamaytiradi
Toshkentdan kelgan jurnalist va blogerlar Fargʻona tumanidagi “Ekokerama” masʼuliyati cheklangan jamiyatida ham boʻldi.
Toshkentdan kelgan jurnalist va blogerlar Fargʻona tumanidagi “Ekokerama” masʼuliyati cheklangan jamiyatida ham boʻldi.
– Korxona yiliga 500 ming dona 20 turdagi santexnika mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Importni sezilarli kamaytiradi. Mintaqamiz davlatlarida 50 million dollarlik bozor bor. Korxona quvvatini oshirib, mahsulotlarning 60 foizini eksportga yoʻnaltirish rejalashtirilgan. 100 foiz mahalliy xomashyodan foydalanilishi hamda energiya tejovchi texnologiyalar qoʻllanilishi sababli “Ekokerama” mahsulotlari xorijiy muqobillariga nisbatan arzon boʻladi. Mahsulotlar Qirgʻiziston, Tojikiston, Qozogʻistonga eksport qilinmoqda, – dedi korxona rahbari Muhammadsodiq Saidmurodov.
Korxonada 300 dan ortiq ish oʻrni yaratilgan. Mahsulotlar arzon va sifatli.