Fanlar akademiyasi sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalanmoqda
Fanlar akademiyasi va Xitoyning DeepBlu kompaniyasi örtasida sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlik örnatilmoqda.
Muzokaralarning asosiy mavzusi ilmiy-texnologik hamkorlikni rivojlantiriş, qöşma tadqiqotlar olib boriş hamda sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar asosidagi innovatsion yeçimlarni joriy etiş masalalari böldi.
Tomonlar Fanlar akademiyasi ilmiy salohiyatini DeepBlu kompaniyasining texnologik imkoniyatlari bilan birlaştiriş istiqbollarini muhokama qilib, qöşma ilmiy-tadqiqot platformasini taşkil etiş, amaliy işlanmalarni rivojlantiriş va yuqori malakali kadrlar tayyorlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.
Hamkorlikning istiqbolli yönalişlari sifatida qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşiriş, grant taşabbuslarini ilgari suriş, akademik almaşinuvlar, stajirovkalar, seminarlar va xalqaro ilmiy tadbirlarni taşkil etiş belgilandi.

Uçraşuv yakunida raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt va turdoş sohalarda hamkorlik qiliş töğrisida Niyatlar bitimi imzolandi. Mazkur hujjat hamkorlikning asosiy yönalişlarini belgilab, aniq qöşma loyihalarni işlab çiqiş va amalga oşiriş uçun asos yaratadi. Şuningdek, bitim ilmiy işlanmalarni tijoratlaştiriş, innovatsion startaplarni taşkil etiş hamda ilğor texnologik yeçimlarni sinovdan ötkaziş va ularni keyinçalik Özbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlariga joriy etiş böyiça hamkorlikni rivojlantirişni nazarda tutadi.
Erişilgan kelişuvlarni amaliyotga tatbiq etiş maqsadida tomonlar qöşma işçi guruhlarni şakllantiriş, ustuvor yönalişlarni belgilaş va aniq loyiha takliflarini işlab çiqişga kirişişni rejalaştirmoqda. Mazkur kompaniya bilan hamkorlik Fanlar akademiyasining xalqaro ilmiy-texnologik aloqalarini mustahkamlaş, ilmiy tadqiqotlarda sunʼiy intellektdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda innovatsion işlanmalarni iqtisodiyotga transfer qiliş jarayonlarini jadallaştirişga xizmat qiladi.
N.Rahmonova,
ÖzA