Futbol bo‘yicha "CAFA Nations Cup" turnirining guruh bosqichi O‘zbekiston va Tojikistonda o‘tayotganidan xabaringiz bor. Kecha "B" guruhida uchinchi tur uchrashuvlari yakunlangan bo‘lsa, bugun “A” guruhida so‘nggi tur bahslari o‘tkaziladi.

"B" guruhida 3-tur doirasida Eron va Afg‘oniston terma jamoalari bahsida hisob ochilmagan bo‘lsa, Hindiston va Tojikiston termalari 2:2 hisobida durang o‘ynadi.  

Natijada Eron 7 ochko bilan peshqadam sifatida finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Hindiston esa 4 ochko jamg‘arib musobaqaning uchinchi o‘rni uchun kurashadigan bo‘ldi. Musobaqa mezbonlari ham 4 ochko to‘plagan bo‘lsa-da, gollar nisbatiga ko‘ra guruhda 3-o‘rinni band etgan holda qolib ketdi. Afg‘oniston esa 1 ochko bilan 4-pog‘onaga joylashdi.

Bugun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi "CAFA Nations Cup" turnirining "A" guruhida Qirg‘iz Respublikasiga qarshi "Olimpik" stadionida bahs olib boradi. Shuningdek, Turkmaniston termasi O‘mon bilan raqobatlashadi.

Ayni damda O‘zbekiston va O‘mon hisobida 4 ochko bor. Qirg‘iz Respublikasi va Turkmaniston esa 1 ochko bilan 3-turga yetib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, guruhni 1-o‘rin bilan yakunlagan jamoa finalda Eron bilan to‘qnash keladi. 2-o‘rinni olib, keyingi bosqichga yo‘l olgan jamoa musobaqaning 3-o‘rni uchun bahs olib boradi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron finalda, terma jamoamiz bugun o‘ynaydi