Eron bilan sulhdan so‘ng neft narxlari pasaymoqda (+video)
AQSH va Eron ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib, Hurmuz bo‘g‘ozi orqali kemalar harakatini tiklashni nazarda tutganidan so‘ng neft narxlari pastga tushib ketdi, deb xabar berdi Euronews.
Neft narxlari tushgan, biroq treyderlar sulh barqaror bo‘lish-bo‘lmasligini kutib, hali ham jarayonlarga ehtiyotkor munosabatda bo‘lmoqda.
Bozorlardagi keskin o‘zgarishlar AQSH prezidenti Donald Tramp Erondagi ko‘priklar, elektr stansiyalari va boshqa fuqarolik infratuzilmasiga zarba berish rejasini kechiktirganini ma’lum qilganidan so‘ng yuz berdi.
Eron tashqi ishlar vaziri yaqin ikki hafta davomida Hurmuz bo‘g‘ozi ochiq bo‘lishini va u Eron harbiylari nazorati ostida qolishini tasdiqladi.
O‘t ochishni to‘xtatish xabari bozorlardagi xavotirlarni to‘liq yo‘qotdi deyish qiyin. Masalan, chorshanbaga o‘tar kechasi Isroil, Eron va Fors ko‘rfazi mintaqasida hujumlar haqida xabarlar kelib tushgan. Tomonlardan hech biri sulh qachon rasman kuchga kirishini aniq aytmagan.
Asosiy xavotir esa baribir saqlanib qolmoqda. Agar Fors ko‘rfazi davlatlaridan neft yetkazib berish uzoq vaqtga izdan chiqsa, energiya narxlari yuqori darajada qolib ketishi va jahon iqtisodiyotida yangi inflyatsiya to‘lqinini keltirib chiqarishi mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/L7k8gIXMh0s" title="Eron bilan sulhdan so‘ng neft narxlari pasaymoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA