Erkinlik - tarbiyaning duşmanimi?
Zamonaviy erkinlik va axborot oqimi şaroitida inson va jamiyat ravnaqi uçun tarbiyaning örni qanday?
Közga körinmasa-da, butun insoniyatga taʼsiri ulkan bölgan omillar talaygina. Ularni jamlovçi muhim tuşunça — tafakkur. U öz içiga ijobiy va salbiy xususiyatlarni qamrab oladi. Ana şunday muhim fazilatlardan biri — tarbiya. Bu tuşunça şu qadar ulkanki, uni biror tizimga solib tahlil qilişning iloji yöq. Çunki insoniyat bilan boğliq istalgan sohada tarbiya mujassam. Şuning uçun ham bejizga uluğ bobokalonimiz Abdulla Avloniy: “Tarbiya biz uçun hayot-mamot masalasidir”, deya taʼkidlamagan. Modomiki şunday ekan, bugungi kunda tarbiya masalasi naqadar dolzarb. Şuni anglaş kerakki, tarbiya avvalo oiladan boşlanişi haq gap. Biroq, bugungi qaraşlar va imkoniyatlar insoniyatga har tomonlama taʼsir ötkazmoqda. Biz ota-bobolarimiz orzu qilgan farovon hayotda, erkinlikda yaşayapmiz. Ammo ana şu erkinlikka bölgan bizning munosabatimiz afsuski, havas qilarli emas. Bu borada ustozlar hikmatiga ham quloq tutiş joiz.
—Inson zaif yaratilgan. U hamişa tarbiyaga, ogohlantirişga ehtiyojmand, — deydi dotsent Abdumurod Tilovov. — Aslida erkinlik, hurlik — juda gözal tuşunça. Insonning özligi, tafakkur va fikrlaş hurriyati jadid bobolarimizning eng katta orzularidan biri edi. Biroq, bu hurriyat, bu erkinlik meʼyorida, risoladagidek bölişi, çegaralardan oşmaslik, haddan oşmaslik şarti bilan foydali deb bilaman. Xususan, oilada, yoş bolaning yoki öspirinning — qiz yoki öğil bolaning — öziça, öz xayollariça yoki, ayniqsa, hozirgi paytdagi turli xurujlar avj olgan şaroitda, uning bemalol hayot keçirişiga, xohlaganiça öyin-kulgi bilan vaqt ötkazişiga imkon beriş, yaʼni xalqimiz taʼbiri bilan aytganda, uning barça qiliqlariga köz yumiş — bu mehribonlik emas. Aslida, uning öşa mehribonligi kelajakka tahdidga rozi böliş bilan barobar hisoblanadi. Şu maʼnoda, tarbiya borasida, xususan, erkinlik borasida ham, ajdodlarimizning bilim va tajribalari, uluğ ustozlarimiz qoldirgan tafakkur durdonalariga tayanib hayot keçirsak, menimça, maqsadga muvofiq böladi.
Darhaqiqat, bugungi kunda axborot turli köriniş va talqinlarda yetkazilmoqda. Tabiiyki, bu tarbiyaga ham özining taʼsirini körsatmay qolmaydi. Çunki öşa axborotlarda har xil madaniyat va maʼnaviyat mujassam. Bu esa, ayniqsa, yoş avlod ongiga, millatimizning yuksak maʼnaviyati va bebaho qadriyatlariga göyoki öq bölib otiladi. Bu kuraşda ustun bölişning yagona yöli – kattalarning oilada, maktabda va hattoki köça-köyda ham maʼnaviyatimizning munosib tarğibotçisi böla olişi. Faqat qandaydir bayramlarda emas, balki turmuşimizda tarbiyaning, vatanparvarlikning haqiqiy namunasi bölib xizmat qilişimiz lozim. Şundagina erkin jamiyatimiz yanada farovonlaşadi, maʼnaviyatimiz daraxti köklarga böy çözadi.
Garçi tarbiya bugunning dolzarb masalasi deb qaralayotgan bölsa-da, u doimo dolzarb bölib kelgan. Xulosa şuki, ota-ona va farzand örtasida soğlom munosabat yölga qöyilsagina maʼnan salomat avlod şakllanadi. Şundagina mamlakatda ilgari surilayotgan ulkan taşabbuslarning amaliy körinişi namoyon bölib, davlatimiz rahbari qurişga intilayotgan rivojlangan davlatning şakllanişi osonlaşadi.
Zero, taʼlim qançalik yuksalmasin, tarbiya bilan mustahkamlanmasa, biz intilayotgan Uçinçi Renessans çöqqisi uzoqligiça qolaveradi. Buni anglagan holda yurtimizda taʼlim-tarbiya masalasiga asosiy eʼtibor qaratilmoqda. Buning uçun eng töğri yeçim kitob öqiş ekanligidan kelib çiqib, kitobxon yoşlar, umuman olganda, kitobxon millat şakllantiriş yölida barça çoralar körilmoqda. Faqat bizning asosiy burçimiz uşbu imkoniyatlardan unumli foydalaniş va atrofimizga namuna böliş. Şundagina yurtimiz ravnaqiga ijobiy taʼsir ötkaziş baxtiga muyassar bölamiz.
Şerbek Islomov,
ÖzA