Mazkur film Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan tasvirga olinmoqda. “Tirik sayyora” Adiblar xiyobonida haykallari o‘rnatilgan shoir va yozuvchilar haqidagi "Xalq yuragi" turkum hujjatli filmlardan biri.

O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan mazkur hujjatli film adib yashagan Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi xonadon, Marg‘ilon shahridagi ijodkor nomidagi istirohat bog‘i, shoir nomidagi ijod maktabi, muzeylarda tasvirga olish ishlari bo‘lib o‘tadi. Xronikal tasvirlar ko‘rsatiladi, muallifning lirik she’rlaridan parchalar o‘qiladi. Oila a’zolari, shogirdlari, adabiyotshunos olimlar va boshqa mutaxassislar intervyularidan foydalaniladi.  

Ssenariy muallifi Xurshid Do‘stmuhammad, rejissyor Abduxalil Mignarov, operator Aziz Arziqulov, kartina direktori Ahmadjon Unarboyev.

G.Gusratova, O‘z JOKU talabasi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erkin Vohidov haqida “Tirik sayyora” nomli hujjatli film suratga olinmoqda