Qirg‘izistonda sport kurashlari bo‘yicha U15 yosh toifasidagi qit’a birinchiligi yakunlandi. Quvonarlisi, musobaqaning erkin kurash bo‘yicha bellashuvlarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 tadan oltin, kumush va bronza medallariga ega chiqdi.

Jumladan, musobaqada Asomiddin Badriddinov va Abduqodir Sarsenboyev o‘z vaznida oltin medalga ega chiqqan bo‘lsa, finalga qadar o‘tkazilgan bahslarda g‘alaba qozongan Behzodbek Ibrohimov hamda Muhammadali Mo‘ydinov shohsupaning ikkinchi o‘rnidan joy oldi. Shuningdek, Yosinali Siddiqov va Ismoiljon Nazirjonov terma jamoamizga bronza medalini keltirdi.  

Darvoqe, erkin kurash bo‘yicha qo‘lga kiritilgan mazkur medallardan so‘ng terma jamoamiz umumjamoa hisobida Hindiston va Yaponiyadan keyin uchinchi o‘rinni egalladi.  

Ma’lumot o‘rnida: chempionatning yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza jamg‘arib, umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egallagan edi.  

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erkin kurashchilarimiz qit’a chempionati shohsupasidan joy oldi