Farg‘onada O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi bayrami arafasida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz! degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan ijodiy ishlar an’anaviy “Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Unda bosma nashrlar, televideniye, radio, internet jurnalistikasi, shoir va yozuvchilarning Vatan mustaqilligini madh etuvchi badiiy asarlari, rassom va dizaynerlarning ijodiy ishlari sarhisob qilindi.

Viloyat hokimining o‘rinbosari Xurshidbek Ahmedov, Respublika “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi raisi Isfandiyor Latipovlar mamlakatimiz bosib o‘tgan mustaqillik  yillarida erishilgan ulkan yutuqlar va O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatida tutgan o‘rni haqida gapirishdi.

Shundan so‘ng barcha nominatsiyalarning g‘olib va sovrindorlari maxsus diplom hamda sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Ular orasida yosh, iqtidorli adiblar, hayotiy tajribaga ega zabardast jurnalist va mo‘yqalam ustalari, tasvirchi va dizaynerlar bor edi.  

–Bugun hayot osuda, yurtimiz tinch va farovon. Nechuk biz, jurnalistlar bular haqida ilhom bilan yozmaylik, – deydi bosma nashrlar nominatsiyasi g‘olibi, “Farg‘ona haqiqati” gazetasi bo‘lim mudiri Mahiyora Boyboboyeva. – Bu yutuq va e’tirof kelgusi faoliyatimizda bizga katta mas’uliyat yuklaydi.

–Internet saytimiz va mening jurnalistik faoliyatim e’tirofi katta motivatsiya berdi, – deydi internet jurnalistikasi nominatsiyasi g‘olibi “xalqta’liminfo.uz” sayti rahbari Ulug‘bek Po‘latov. –Bundan ruhlanib, internet nashrimiz yoniga ta’lim yo‘nalishidagi jurnal ham tashkil etaman.

–To‘g‘risi, bunday bahoni kutmagandim. Ustoz va hay’at a’zolariga yosh ijodkorni qo‘llab quvvatlagani uchun katta rahmat, – deydi radio jurnalistika nominatsiyasi g‘olibi, “Ruxsor FM” radiosi muharriri Feruza Bahromova. –Bundan buyon ham vatanimiz ravnaqi yo‘lida astoydil mehnat qilib, xalqimizga xolis, tezkor va tahliliy reportajlar tayyorlab taqdim etaveramiz. Kirib kelayotgan bayram barchaga muborak bo‘lsin!

Tadbir nihoyasida uning ishtirokchilari uchun katta konsert namoyish etildi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/Pg2_MaQVpUg?si=cn1wV1oLpGv3mO3B" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Eng ulug‘, eng aziz” ijodiy tanlovi g‘oliblari taqdirlandi (+video)