
Bugun «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ISO 9001 xalqaro standartining sifat sertifikatiga ega bo‘ldi.
AJ axborot xizmati ma’lum qilishicha, «Cert International» xalqaro sertifikatlash organi vakili janob Riad Ibragimov jamiyat boshqaruvi raisi Dadajon Isaqulovga sertifikatni topshirdi.
ISO 9001 xalqaro standarti bo‘yicha aksiyadorlik jamiyatining sifat ko‘rsatkichlariga ko‘ra, u mamlakatimiz magistral elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish va ularni rivojlantirishni boshqarish, magistral elektr tarmoqlari orqali elektr energiyasini yetkazib berish hamda davlatlararo tranzitni amalga oshiradi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu ISO 9001 sifat menejmenti jamiyat faoliyatining xalqaro maydondagi ishonchli hamkor ekanligini anglatuvchi muhim hujjatdir.
O‘zA