Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Energetika sohasida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘yilmaydi

Bugun “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filialida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan navbatdagi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, korrupsiya har qanday davlat va jamiyat uchun jiddiy tahdid hisoblanadi. U ishonch va adolatni zaiflashtirib, iqtisodiy rivojlanishni sekinlatadi hamda jamiyatda noaniqlik va norozilikni kuchaytiradi. Har bir tashkilot va xodimning vazifasi korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, qonunchilikka qat’iy rioya qilish va ochiq, shaffof ish muhitini ta’minlashdir.

Tadbirda ishtirokchilarga korrupsiya tushunchasi, uning salbiy oqibatlari, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish mexanizmlari hamda xizmat vazifalarini halol va mas’uliyat bilan bajarishning ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, xodimlar o‘rtasida korporativ madaniyatni mustahkamlash, qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish va ichki nazorat tizimlarini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Filial direktori Anvar Rasulov ta’kidlaganidek, korrupsiyaga qarshi kurashish har bir xodimning shaxsiy mas’uliyati. Elektr tarmoqlari sohasida ishonchlilik, tizimlilik va shaffoflikni ta’minlash faqat texnik modernizatsiya bilan emas, balki insonning halolligi va mas’uliyati bilan ham bevosita bog‘liq.

– Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish bugungi kunda ustuvor vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Har bir xodim o‘z faoliyatida qonun talablariga tayanishi, xizmat manfaatlarini shaxsiy manfaatlardan ustun qo‘yishi va jamoada ochiq ish muhitini qaror toptirishga hissa qo‘shishi zarur. Filialda komplayens nazoratning kuchaytirilishi, ichki tartib-qoidalarning takomillashtirilishi hamda profilaktik tadbirlarning muntazam o‘tkazilishi aynan shu maqsadga xizmat qiladi, – dedi A.Rasulov.

Shuningdek, tadbirda korrupsiya xavflarini kamaytirish, murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, elektron xizmatlardan keng foydalanish va ish jarayonlarini raqamlashtirish kabi masalalar muhokamasiga keng urg‘u berildi.

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA