Mamlakatimizda ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi natijasida bankrotlik sohasiga oid qonunchilikda ham bir qator o‘zgartirishlar kiritilishi zamon talabiga aylanib ulgurdi.

Joriy yilning 12 aprelida davlatimiz rahbari tomonidan «To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni imzolandi va ilgari amalda bo‘lgan, ya’ni 1994 yil 5 mayda qabul qilingan «Bankrotlik to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni o‘z kuchini yo‘qotdi.

Yangi Qonunga ko‘ra, to‘lovga qobiliyatsizlik – sud tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘la hajmda bajarishga qodir bo‘lmagan jismoniy va yuridik shaxs tushunilishi qayd etildi.

Mazkur qonunga ko‘ra, to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari: vaqtincha to‘lovga qobiliyatsizlik – majburiyatni 3 oyda bajara olmaslik, doimiy to‘lovga qobiliyatsizlik – sudga ariza berish sanasidagi va ariza berilgan yilning boshidagi hisobot davrida qarzdorning majburiyatlari uning aktivlari qiymatidan oshib ketishidan iborat.

Qarzdor pul majburiyatlarini bajarmaganligi munosabati bilan unga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga qarzdorning o‘zi va kreditor ega.

Qarzdor soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaganligi munosabati bilan unga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga qarzdorning o‘zi, davlat soliq xizmati organlari, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) pul majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi oldida qarzi bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha vakolatli davlat organi va uning hududiy boshqarmalari ega bo‘ladi.

To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish sud majlisida qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza ish yuritishga qabul qilinganligi to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran 2 oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi va ishni ko‘rish alohida hollarda 1 oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud hujjatlari darhol ijro etiladi.

To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda davlat tomonidan vakolatli organ bo‘lib Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qatnashadi.

Amalda bo‘lgan «Bankrotlik to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunidan farqli o‘laroq, yangi qabul qilingan qonunda jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi masalalari ham tartibga solindi.

Qarzdor jismoniy shaxsning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qanoatlantirishga va soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘liq hajmda bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va to‘lov majburiyatlari yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy ichida qarzdor jismoniy shaxs tomonidan bajarilmagan, qarzdor jismoniy shaxsga nisbatan talablar bazaviy hisoblash miqdorining kamida ikki yuz barobarini tashkil etsa, qarzdor jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi alomatlari hisoblanadi.

Qarzdor jismoniy shaxs, kreditor, shuningdek davlat soliq xizmati va boshqa vakolatli organlar jismoniy shaxsni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.

Qarzdor jismoniy shaxsni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi ariza kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay sudya arizani qabul qilish va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atish yoxud arizani qabul qilishni rad etish yoki qaytarish haqidagi ajrimni chiqaradi.

Jismoniy shaxsga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida sudga ariza bergan arizachi tomonidan moliyaviy boshqaruvchiga haq to‘lash uchun sudning depozit hisobvarag‘iga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 7 baravari miqdorida oldindan pul mablag‘lari to‘lash lozim bo‘ladi.

Sudning jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrimi yoki jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib taomilini boshlash to‘g‘risidagi qarori chiqarilguniga qadar undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Jismoniy shaxsning mulkiy holati yaxshilangan taqdirda, kreditorlar yig‘ilishi jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilishga haqli.

Bir so‘z bilan aytganda, endilikda to‘lovga qobiliyatsizligi tufayli hatto jismoniy shaxslar ham bankrot deb topilishi tartib-taomili mazkur qonunda o‘z aksini topdi.

G‘ayrat Mashkurov,
Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi. 
O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endilikda jismoniy shaxslar ham bankrot deb topilishi mumkin