ATB «Qishloq qurilish bank» tomonidan «Zamonaviy bank xizmatlari: sifat va qulaylik» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda Prezidentimizning 2018 yil 23 martdagi «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida ATB «Qishloq qurilish bank» tomonidan chakana xizmatlarni rivojlantirish, masofaviy raqamli xizmatlar ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan tizimli sa’y-harakatlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Hozirda bankda mobil ilovalar orqali xizmat ko‘rsatish, ushbu savdo kanali orqali bank mahsulotlarini kengaytirish ustida ish olib borilmoqda. Jumladan, QUANT mobil ilovasida ikki tomonlama konversiya VISAdan Uzcard, Humo hamda VISA kartalari o‘rtasida valyutada kartadan kartaga (P2P) o‘tkazmalari yo‘lga qo‘yildi.

E’tiborli jihati shundaki, ATB «Qishloq qurilish bank» UzCard bankomatlaridan bank karta ishtirokisiz sms-kod orqali naqd pul yechib olish imkoniyati yaratildi. Bank mijozlari mobil telefonidan foydalangan holda Quant ilovasi yordamida bankomatlardan naqd pul yechib olishlari mumkin. Eng muhimi, ATB «Qishloq qurilish bank» bankomatlaridan hozirda kartasiz naqd pul yechilganida komissiya 0 foiz.

Matbuot anjumanida ATB «Qishloq qurilish bank» protsessing markazi imkoniyatlari haqida ham ma’lumot berildi. Joriy yilning fevral oyidan boshlab bankda VISA xalqaro to‘lov kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi protsessing markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Protsessing markazining mavjudligi mijozlar uchun bir qancha yangi imkoniyatlarni taqdim qiladi. Xususan, bankning barcha filiallarida embosser qurilmalari orqali VISA to‘lov tizimlari kartalarini tezkor emissiya qilish imkoniyati yaratildi. Avval barcha filiallar tomonidan muomalaga chiqarilgan VISA xalqaro to‘lov kartalari bankning markaziy idorasida emissiya qilinib, pochta orqali filiallarga yuborilar edi. Kartalarni filiallarga yetkazish uchun o‘rtacha 3-4 ish kuni talab etilar edi. Hozirda mijoz tomonidan xalqaro to‘lov kartasiga ariza berilganidan so‘ng 15-20 daqiqa ichida kartani mijozga topshirish imkoniyati mavjud.

Yangi xizmatlardan biri – 3D Secure texnologiyasiga asoslangan Verified by Visa xizmati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur xizmat xalqaro to‘lov kartasidan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlash bilan birga, firibgarliklarning oldini oladi. Bu onlayn xaridlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda eng xavfsiz himoya tizimi bo‘lib, ayrim internet do‘konlar, mehmonxonalarni bronlash, masofadan turib aviachiptalarga to‘lovlarni bajarishda qo‘l keladi.

Tadbirda ATB «Qishloq qurilish bank» va «Yagona umumrespublika protsessing markazi» MCHJ hamkorligida joriy qilingan yangi innovatsion xizmat – «Kod orqali naqd pul yechish» xizmati taqdim qilindi.

– Elektron axborot tashish vositalari, jumladan, to‘lov kartalarini virtuallashtirish jarayoni – zamonaviy bank texnologiyalari rivojlanishining asosiy yo‘nalishlaridan biridir, – dedi «Qishloq Qurilish Bank» ATB muqobil savdo kanallarini rivojlantirish boshqarmasi bosh eksperti Abdujabbor Abdurasulov. – Shu tendensiya asosida bank tomonidan UZCARD to‘lov tizimi bilan birgalikda QUANT mobil ilovasi orqali «Kod orqali naqd pul yechish» xizmati joriy qilindi. 

Ushbu xizmatning asosiy afzalliklari – plastik karta uyda qolib ketgan, lekin pul zarur bo‘lgan vaziyatda vaqtni tejash va amaliyotlar o‘tkazishdagi xavfsizlikdir. Shuningdek, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavflarni minimallashtirish maqsadida operatsiyani tasdiqlashning qo‘shimcha usullari joriy etildi.

Matbuot anjumanida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endilikda bank kartasiz sms-kod orqali naqd pul yechib olish mumkin