Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar «O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar.

Qonun loyihasi bilan elektr dvigateli orqali harakatlanadigan avtomototransport vositalarini sotib olish va(yoki)O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig‘im to‘lashdan ozod etilishi nazarda tutilyapti.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi har bir shahar va tumanlarining o‘ziga xos «o‘sish nuqtasi» deb aniqlangan faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha yangidan tashkil etiladigan tadbirkorlik sub’ektlariga 2024 yil 1 yanvarga qadar foyda va suv soliqlari bo‘yicha 50 foizlik imtiyoz berilmoqda. Tadbirkorlar berilgan imtiyozlardan oqilona foydalangan taqdirda soliqlardan iqtisod qilingan mablag‘ hisobidan faoliyatini yanada kengaytirish imkoniyati yaratiladi.

Qonun loyihasining qabul qilinishi koronavirus pandemiyasi holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish hamda aholi daromadlarini ko‘paytirishga, aniq sohalardagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-xuquqiy hujjatlarni tizimlashtirishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilindi.

Deputatlar «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar.

Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini tartibga soluvchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarida sodir etilgan, sodir etilayotgan yohud tayyorlanayotgan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar berganlarning shaxsiga oid ma’lumotlar sir saqlanishini kafolatlovchi normalar mavjud emasligi amaliyotda ayrim muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Shundan kelib chiqib, sohadagi muammolarni bartaraf etish maqsadida qonun loyihasida ushbu masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Loyihadagi normalar bilan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotganlarning shaxsi sir saqlanishi, o‘zining, shuningdek, yaqin qarindoshlarining ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishi davlat tomonidan kafolatlanmoqda.

Majlisda qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilindi.

Nurillo Nasriyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektromobillarga imtiyoz beriladi