Avval xabar qilinganidek, Energetika vazirligi matbuot xizmatida kuz-qish mavsumida iste’molchilarga tezkor axborot yetkazish maqsadida “Matbuot shtabi” faoliyat ko‘rsatmoqda.

Unda vazirlik tizimidagi tashkilotlarning matbuot xizmatlari mas’ullari tomonidan kuz-qish mavsumida muammolarni bartaraf etish borasidagi chora-tadbirlar, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari hamda iste’molchilardan kelib tushgan savollarga videojavoblar taqdim etilmoqda.

O‘z navbatida, iste’molchilardan manbaga bo‘lgan ehtiyoj va talablarga doir savollar bilan bir qatorda elektr energiyasi tarixi va mamlakatimizda bu manba qanday yetkazib berilishi bilan bog‘liq savollar ham ularning qiziqishini uyg‘otmoqda.

Galdagi iste’molchi tomonidan yo‘llagan savollarga “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ulug‘bek URUNOV javob berdi.

– Elektr energiyasi o‘zi nima?

– Elektr energiyasi lotincha «electricus» so‘zidan (qadimgi yunoncha «ἤλεκτρον») olingan bo‘lib, zaryadlangan erkin elektron zarralarining o‘zaro ta’siri va tartibli harakati natijasida yuzaga keladigan hodisalar majmui hisoblanadi.  

Avvalo, o‘rta maktab fizika darsligini esga olaylik. Elektr energiyasi yorug‘lik tezligida, soniyasiga 300 ming kilometr masofani bosib o‘tadi. Demak, mahsulotning alohida turi sifatida tasniflanadigan elektr energiyasi ishlab chiqarilgan zahotiyoq, ya’ni soniyaning bir bo‘lagi ichida, ya’ni milli sekundlarda iste’mol qilinishi lozim.

Ushbu atamani ilk bor ingliz tabiatshunosi Uilyam Hilbert 1600 yilda yozilgan «Magnit, magnit jismlar va yirik magnit — Yer to‘g‘risida» asarida kiritgan. Muallif risolada magnit kompasining ish xususiyatini batafsil tushuntiradi va magnitlangan jismlar ustida o‘tkazgan o‘zining ba’zi tajribalarni tasvirlaydi. Umuman olganda, qadimgi ajdodlarimiz bu tabiat hodisasini yashin, ya’ni chaqmoq urishi va ba’zi elektr baliqlarining xususiyatlarini kuzatib bilishgan. Misol uchun, eramizdan avvalgi 2750 yillarga oid qadimgi misr yozuvlarida elektr xususiyatli baliqlari «Nil momoqaldiroqlari» deb nomlangan. Bundan tashqari, Pliniy oqsoqol qaydnomalarida elektr balig‘ida “falajlovchi nur” borligini yozib qoldirgan.

Shuningdek, qadimgi ajdodlarimiz qahrabo daraxtining qurigan shoxlarini mushuk mo‘ynasiga ishlaqab, so‘ng yengilroq narsalarni tortib olish mumkinligini bilishgan.

– Elektr energiyasining yaratilish tarixi qanday kechgan?

– 1600 yilda Uilyam Hilbert elektr atamasini o‘zining asarida «amber», ya’ni yunon tilida ἤλεκτρον: «elektron» — «qahrabo» deb atab, uning xususiyatlarini yozganidan so‘ng bu tabiat ne’mati ilmiy asarlarda tez-tez uchraydigan bo‘ldi.  

So‘ngra XVII asr boshida «elektr» atamasi el orasida mashhur bo‘lib, turli tajriba-sinovlar o‘tkazish boshlandi. 1747 yilda taniqli olim, davlat arbobi Benjamin Franklin o‘zining «Elektr bilan tajribalar va kuzatishlar» asarida elektr energiyasi «nomoddiy suyuqlik», «ko‘rinmas oqim» deya ta’riflangan. Shuningdek, u o‘z asarida musbat va manfiy zaryad tushunchasini kiritadi va ularni (+) → musbat hamda (–) → manfiy matematik belgilar bilan ifodalaydi. Benjamin Franklin yashin urishiga qarshi vosita — yashino‘tkazgichni ixtiro qiladi va uning yordamida chaqmoqning elektr energiyasi bilan hamohangligini isbotlaydi, elektr energiyasi nazariyasini yaratadi.

Shunday qilib, 1785 yilda fransuz harbiy muhandisi Sharl de Kulon, italiyalik olim Maykl Faradey, Luiji Galvani, Alessandro Volta yana boshqa bir nechta olimlarning kashfiyotlari tufayli elektr energiyasi haqidagi tushuncha takomillashib boradi. Rus olimi Vasiliy Petrov, Pavel Yablochkov hamda Aleksandr Lodigin, normandiyalik olim Uorren De la-Ryu, Genrix Gebel, Jozef Svan va 1879 yilda esa ixtirochi Tomas Edison tomonidan o‘tkazilgan tajribalar tufayli birinchi elektr lampochkalari paydo bo‘ladi.

– O‘zbekistonda elektr energiyasidan qachondan foydalana boshlangan?

– O‘lkamizga elektr ta’minotining dastlabki uskuna-jihozlari, umuman olganda, ushbu atamaning o‘zi ham XX asrning boshlarida kirib kelgan. 1917 yilgacha Chor Rossiyasi mustamlakasi ostida bo‘lgan O‘zbekistonda yiliga o‘rtacha 3,3 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.

1920-1930 yillarga kelib dizel yoqilg‘isida ishlaydigan elektr stansiyalari Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarda qurilgan.

– Mamlakatimizda elektr energiyasi va gaz aholiga qanday yo‘llar bilan yetkazib beriladi?

– bugungi kunda O‘zbekiston elektr energetika tarmog‘iga asosan 4 ta tashkilot mas’ul bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tarmoqda istiqboldagi rejalar strategiyasini belgilovchi — muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.

Elektr energiyasi mamlakatimizda asosan «Issiqlik elektr stansiyalari» aksiyadorlik jamiyati, qisman «O‘zbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyati, shuningdek, hozirda biroz kichik quvvatda ishlayotgan va foydalanishga topshirilayotgan quyosh fotoelektr stansiyalarida ishlab chiqariladi.

Elektr energiyasi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalar orqali uzatilib, «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan iste’molchilarga yetkazib beriladi.

Soddaroq tushuntiradigan bo‘lsak, gidroinshootlarda suv omboriga yig‘ilgan suv quyi havzalarga oqizib yuborilishida aylanma mexanik harakat evaziga magnit maydoni hosil qilib, elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Issiqlik elektr stansiyalarida esa tabiiy gaz, yerosti gazi, ko‘mir va mazut yoqilib, suv yuqori haroratga keltiriladi, so‘ng issiqlik energiyasi mexanik energiyaga (turbinalar harakati bilan), mexanik energiya esa elektr energiyasiga aylantiriladi.

Aholi, ijtimoiy soha ob’ektlari, o‘rta va kichik biznes vakillari va yirik sanoat korxonalariga elektr energiyasi yetkazib berishga xizmat qiluvchi tashkilotlar qatorining eng boshida geologlar, geologiya-qidiruv boshqarmalari, konchilar, qazib oluvchilar, neft mahsulotlarini qayta ishlovchilar, loyihalash institutlari, tabiiy gaz, yerosti gazi, ko‘mir va boshqa neft mahsulotlari yetkazib beruvchi — «O‘zbekneftgaz», «O‘ztransgaz», «Hududgazta’minot» va «O‘zbekko‘mir» kabi tashkilotlar turadi va bu bo‘g‘inning eng so‘nggi nuqtasi elektr energiyasi iste’molchilari bilan tugaydi.

Yuqorida nomlari sanab o‘tilgan tashkilotlarning asosiy maqsadi iste’molchilarni sifatli va ishonchli elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlashdan iboratdir.

O‘zA muxbiri Nasiba ZIYODULLAEVA yozib oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr energiyasi tarixi, taraqqiyoti va iste’molchilarga yetkazib berish tartibi qanday?