Elçi hokimga kitob sovğa qildi
Qirğiz Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elçisi Duyşenqul Çotonov Andijon viloyatida böldi.
Viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov Qirğiz Respublikasi elçisi bilan uçraşib, muloqot ötkazdi.
Uçraşuvda Özbekiston va Qirğiz Respublikalari davlat rahbarlari taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan keng qamrovli hamkorlik alohida eʼtirof etildi. Davlatlarimiz, qardoş xalqlarimiz örtasidagi, xususan, savdo, turizm, taʼlim va boşqa yönalişlarda hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantiriş yuzasidan fikr almaşildi. Ayniqsa, yaqin qöşniçilik munosabatlarini yanada yuqori bosqiçga kötarişga alohida eʼtibor qaratildi.


Uçraşuvda Andijon viloyati va Qirğiz Respublikasining çegaradoş hududlari örtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar hamkorlik kölamini tubdan kengaytiriş istiqbollari atrofliça muhokama qilindi.
Muloqotda ikki tomonlama tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş, sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş va yangi qöşma investitsiyaviy loyihalarni hayotga tatbiq etiş böyiça manfaatli va tizimli mexanizmlarni yölga qöyiş yuzasidan fikr almaşildi.


Muzokaralar yakunida şeriklik aloqalarini izçil davom ettiriş, transport-logistika imkoniyatlaridan samarali foydalaniş hamda ikki qardoş xalq farovonligi yölidagi qöşma taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşga kelişib olindi.
Elçi viloyat hokimiga qirğiz tilida çop etilgan “Şavkat Mirziyoyevdin jolu” nomli kitobni sovğa qildi.
Faxriddin Ubaydullayev,
ÖzA muxbiri