Tramp Kim Çen In bilan uçraşadimi?
Prezident Donald Tramp şu hafta Xitoyga safari çoğida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi rahbari Kim Çen In bilan ham uçraşiş ehtimoli borligini bildirdi. U Osiyoga yöl olişidan oldin Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda bunday muloqotda “köp narsaga erişiş mumkinligi”ni aytdi.
Amerika yetakçisi Şençjen şahrida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy Raisi Si Szinpin bilan uç tomonlama muzokara ötkazişi rejalaştirilgan. Uçraşuvda yadroviy qurolsizlaniş, Eron va Ukrainadagi uruş, şuningdek iqtisodiyot va savdo masalalari muhokama qilinişi kutilyapti.
Tramp avgust oyida ham Kim bilan uçraşiş niyati borligini bildirgan edi. Xalqaro atom energiyasi agentligi boş direktori Rafael Grossi esa sentabr oyida Şimoliy Koreya qurol uçun möljallangan yadroviy material işlab çiqariş kölamini kengaytirişi haqidagi maʼlumot jiddiy xavotir uyğotayotganini taʼkidlagan.
Musulmon Ziyo, ÖzA