“UK Study Alumni Award” – Buyuk Britaniyada ta’lim olgan bitiruvchilarga beriladigan nufuzli mukofot bo‘lib, o‘z sohasida katta yutuqlarga erishgan va jamiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan insonlarni e’tirof etadi. Bu sovrin butun dunyo bo‘ylab minglab nomzodlar orasidan eng ilg‘or bitiruvchilarni aniqlaydi. Mukofot toifalariga biznes va innovatsiyalar, madaniyat va ijodkorlik, fan va barqarorlik, ijtimoiy faoliyat kiradi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasining stipendiatlari Sirojiddin Olimov (“Edinburg” universiteti magistratura bosqichi bitiruvchisi) va Orzigul G‘oyibovalar (“Bristol” universiteti magistratura bosqichi bitiruvchisi) Buyuk Britaniyaning nufuzli “Study Alumni Award 2024” mukofoti bilan taqdirlandi.  

Qayd etish lozimki, Sirojiddin Olimov respublikamiz yoshlari orasida mashhur bo‘lib ulgurgan “Mutolaa” loyihasi uchun taqdirlandi. “Mutolaa” – Yoshlar ishlari agentligining kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan loyihasi bo‘lib, mazkur loyihadan foydalanuvchilar soni hozirga qadar qariyb 1,5 million nafarga yetdi. Loyiha Youtube ijtimoiy tarmog‘ida video shaklida, audio kitoblar shaklida hamda ilova shaklida “Google Play” hamda “App store” platformalariga joylanmoqda. Loyihadan hozirgi paytda 1,5 million foydalanuvchi foydalanadi. 4000 ga yaqin kitobning elektron va audio shakllari joylangan.  

Orzigul G‘oyibova esa yoshlarni dunyoning eng yetakchi oliygohlariga kirishi va grantlar yutishiga ko‘maklashadigan “TOP 100” hamda respublikamizdagi xotin-qizlar orasida ta’limni rivojlantirishga qaratilgan “PORLA”  ijtimoiy loyihalari uchun taqdirlandi.  

“TOP 100” loyihasi doirasida O‘zbekistonning barcha hududlaridan iqtidorli yoshlar saralab olinib, ular uchun 1 haftalik bepul yozgi oromgohlar tashkillashtiriladi va o‘qishga kirish bo‘yicha mahorat darslari olib boriladi. Hozirda loyiha uchun “TopCoach”  platformasi yaratilmoqda. Bu onlayn mentorlik platformasi bo‘lib, top universitet talabalari O‘zbekistondagi qiziqqan yoshlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri darslar o‘tishadi. Bu esa chekka hududlardagi yoshlarga ham nufuzli universitetlarga kirish imkoniyatini yaratadi.  

Stipendiatlarga o‘z loyihalarini yanada rivojlantirish uchun moddiy rag‘bat berish ham ko‘zda tutilgan.  

Sirojiddin Olimov va Orzigul G‘oyibova hozirda Yoshlar ishlari agentligida faoliyat olib bormoqda hamda yurtimiz yoshlari uchun manfaatli bo‘lgan loyihalarga koordinatorlik qilib kelmoqda.  

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari Buyuk Britaniyaning eng nufuzli mukofoti bilan taqdirlandi