So‘nggi yillarda terrorizmga qarshi kurash xalqaro munosabatlarning eng muhim masalalaridan biri sifatida gavdalanmoqda. Bu holat Afg‘oniston, Suriya, Iroq va Pokistonda davom etayotgan mojarolar bilan qisman bog‘liq bo‘lib, o‘z navbatida davlatlar tomonidan terrorizmga qarshi kurash borasida harbiy yoki “qattiq” yondashuvlarni javob sifatida qo‘llanilishiga olib keladi. Ayrim hollarda zo‘ravon ekstremizmga javoban davlatlar va fuqarolik jamiyati tomonidan profilaktik yoki yumshoqroq chora-tadbirlar tatbiq etilishi ham uchrab turadi, aksariyat vaziyatlarda bunday yondashuv harbiy choralardan ko‘ra ko‘proq samara berishi e’tirof etilgan. Biroq, shunday bo‘lishiga qaramay, bu borada jiddiy muammolar saqlanib qolmoqda.

Shaxslar va guruhlarni osoyishtalik bilan zo‘ravon ekstremizmdan xalos qilishga qaratilgan “Radikalsizlantirish” dasturlari so‘nggi yillarda katta shuhrat qozonib, uning qo‘llanilish ko‘lami ham ortib bordi. Garchi bu dasturlarning mohiyati bir-biridan farq qilsa-da, ularni birlashtiruvchi umumiy mavzu va muammolari mavjud. Masalan, ayrim dasturlarda asosiy urg‘u terrorizm bilan ayblangan mahbuslar, jinoyatchilar va afv etilishini so‘rab chiqqan ekstremistlarga qaratilsa, boshqa dasturlarda markaziy o‘rinni ekstremistik dunyoqarashdan voz kechish va jamiyatga qayta reabilitatsiya qilish, ish o‘rinlari bilan ta’minlash va kasbiy bilim olishlariga ko‘maklashish egallagan.

Ma’lumki, bugungi kunda zo‘ravon ekstremizmga qarshi kurash muammosi nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyo uchun dolzarb masalalardan biriga aylandi. Chunki jamiyat va zamonaviy dunyo taraqqiyotini ta’minlash uchun radikalizmga, zo‘ravonlikka, ekstremizmga qarshi kurashish yo‘li bilangina erishish mumkinligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. Bu borada turli davlatlarning o‘ziga xos uslublari, hayotiy tajribalari mavjud bo‘lib, quyida shunday tajribalar bilan o‘rtoqlashamiz. 

SAUDIYA ARABISTONI...

Radikalizmga qarshi kurashayotgan shunday davlatlardan biri – Saudiya Arabistoni. Arabiston yarim orolida joylashgan ushbu mamlakat garchi Islom dinining markazi, jamiyatning birmuncha konservativligi bilan ajralib tursa-da, radikalizmga qarshi kurashish bo‘yicha juda katta tajribaga egaligi bilan ham alohida e’tiborga molik davlat hisoblanadi. Saudiya Arabistoni terrorizmga qarshi kurash borasida juda mukammal dasturlarni ishlab chiqib, butun jamiyatni qamrab oluvchi usullar bilan omma ongidan ekstremistik kayfiyatni yo‘q qila oldi. Saudiyaning bu boradagi xatti-harakatlari ikki bosqichli bo‘lib, u rasman 2005 yildan boshlab ishga tushirildi. Avvaliga shubhali terrorchilarni qamoqqa olish bilan boshlandi. Biroq, faqat bu harakatlar bilan chegaralanib qolinmadi. Qamoqdagi shaxslar bilan tezda muloqot o‘rnatilib, radikallashuvning asosiy sabablari o‘rganildi hamda ularning Islom dini bo‘yicha tushunchalari tahlil qilindi. Ishlar asosan uch xil kesimda tashkil qilindi: diniy, ruhiy va madaniy. 

Dastur qatnashchilariga ijtimoiy tadbirlarda, ayniqsa oilaviy yig‘inlar va sport tadbirlarida qatnashishga ruxsat berildi. Lekin, shu bilan birga, asosiy e’tibor ularning Islom haqidagi “tushunchalari va bilimlariga” qaratildi. Saudiya dasturining yana o‘ziga xos jihati shunda ediki, davlat tomonidan berilgan moliyaviy yordam evaziga dastur qatnashchilariga oila qurish va ta’lim olishlari rag‘batlantirildi. Afv so‘rab murojaat qilgan sobiq ekstremistlar ish bilan ta’minlanib, ularni jamiyatga qaytadan qo‘shish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi. Bundan tashqari, dastur qatnashchilari va ularning oila a’zolariga davolanish va sog‘liqni tiklash bo‘yicha moliyaviy yordam va nafaqalar ajratildi. 

Saudiya hukumati tomonidan olib borilgan bunday dasturlar ekstremistlar sonini keskin kamaytirgan bo‘lishiga qaramay, ayrim muammolar haligacha saqlanib qolmoqda. Jumladan, so‘nggi yillarda radikal kuchlar tomonidan internet tarmog‘idan g‘oyalarini kengroq tarqatish va shu yo‘l bilan o‘z tarafdorlari sonini orttirishga bo‘lgan urinishlarining ortib borishi sharoitida Saudiya hukumatini jamiyat va undagi yoshlar qatlami radikallashuvining oldini olish borasida profilaktik choralarni kuchaytirishga undamoqda. Saudiya rasmiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, 1998 yilda 15 ta ekstremistik veb-sahifa mavjud bo‘lgan, hozirgi kunda bir necha ming veb-sahifalar ishlab turibdi. Ularning aksariyati o‘z serverlarini Saudiya Arabistonidan tashqarida, jumladan AQSH, Yevropa, Xitoy va Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlarida joylashtirgan. 

TURKIYA...

Zo‘ravon ekstremizmga qarshi kurash borasida katta tajribaga ega bo‘lgan, texnologik jihatdan tobora taraqqiy etib borayotgan yana bir davlat – Turkiya Respublikasi bo‘lib, mamlakatda radikal kuchlarga qarshi kurashish bilan bog‘liq juda zalvorli tarix mavjud. Bugungi Turkiya radikalizmga qarshi kurashishning yorqin misoli sifatida ham qayd etiladi. Deyarli 85 millionlik aholiga ega Turkiyada 98 foiz kishilar Islom diniga e’tiqod qilishadi. 

Turkiyada deyarli 20 yil davomida mo‘’tadil islomiy, shuningdek, asosiy mafkurasi “konservativ demokratiya” bo‘lgan Adolat va taraqqiyot partiyasi hukmronlik qilayotgan bo‘lsa-da, mamlakat radikallashuvga va zo‘ravonlikka samarali qarshilik ko‘rsata olmoqda. Buning asosiy sababi sifatida biz Islom va dunyoviylik o‘rtasida shakllangan muvozanatli munosabatni keltirishimiz mumkin. Mamlakatda turli siyosiy qarashlarning mavjudligi, ham diniy va ham dunyoviylikning o‘zaro “til topishishi” bilan bog‘liq jarayonlar tarixiga deyarli 100 yil bo‘ldi.

O‘z vaqtida Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafo Kamol Otaturk ekstremistik kuchlarga qarshi olib borgan murosasiz kurashi tufayli mamlakat butunlay sekulyar jamiyatga aylantirilgan edi. Ammo, o‘tgan asrning 80 yillarida sodir bo‘lgan Islom uyg‘onishi bilan bog‘liq xalqaro jarayonlar Turkiyaga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. 

Mamlakatda diniy va dunyoviy tuzum tarafdorlari o‘rtasidagi qarashlarda kelishmovchilik bo‘lsa-da, dunyoviy hayot tarafdorlari tomonidan Turkiyaning o‘z modernizatsiya loyihalari mavjudligi, liberal hayot, demokratiya va fuqarolik institutlarining shiddati kabilar siyosiy jarayonlarning asosini tashkil qiladi. 

Bugungi kunda mamlakat miqyosida “Radikalsizlantirish” dasturlari asosan ikki yo‘nalishda amalga oshirilmoqda:

Birinchidan, Turkiyaning diniy ishlar bo‘yicha “Diyonat” tashkiloti Islomning tinchlikparvarlik dini ekanligini keng targ‘ib qilmoqda. Shu maqsadda 2015 yili “Global terror iskanjasidagi Islom” nomli ma’ruza matni tayyorlandi: Turkiyadagi 80 000 va xorijdagi 2 000 ta masjidga tarqatildi.

Ikkinchidan, Turkiyaning Milliy politsiyasi va tegishli xavfsizlik xizmatlari birgalikda radikalizm va ekstremizmga moyil kishilarni aniqlash, ularni bunday harakatlardan qaytarish maqsadida muloqotga kirishib, bu borada tizimli ishlab kelmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri 2016 yil Turkiyaning janubida joylashgan Adana shahrida o‘tkazildi. Tadbir davomida 333 nafar ekstremistdan 226 nafari “radikalsizlantirilib”, ular osuda hayotga qaytarildi. 

POKISTON...

Ekstremizm va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rayotgan davlatlardan yana biri sifatida Pokistonni ko‘rsatishimiz mumkin. Ushbu mamlakat aholi soni bo‘yicha juda katta musulmon mamlakatlaridan biri bo‘lib, so‘nggi vaqtlarda islomiy ekstremizmdan, radikalizmdan ko‘p jabr-zulm ko‘rayotgan mamlakat sifatida e’tirof etilmoqda. 

O‘tgan asrning o‘rtalarida dastlab Britaniyadan mustaqillikka erishgan, keyin esa Hindiston bilan fojiali tarzda “bo‘linish”ni boshdan kechirgan Pokiston o‘z tarixi davomida ko‘p musibatli kunlarni ko‘rgani hech birimizga sir emas. Ammo, demokratik taraqqiyot borasida katta salohiyatga ega mamlakat bugungi kunda zo‘ravonlikka ham qarshi turayotgan, G‘arb davlatlari bilan samarali hamkorlik qila olayotgan, eng asosiysi, zamonaviy boshqaruvni qo‘ldan boy bermayotgan mamlakat hisoblanadi. 

Buning o‘ziga xos sabablari sifatida Pokistonning Konstitutsiyasini alohida tilga olish mumkin. "Islomchi"larning ta’siri u darajada yuqori bo‘lmagan vaqtda ijod qilingan mazkur Konstitutsiya yozilishida Yevropada yashagan va dunyo taraqqiyotini, yutuqlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan taniqli shaxslarning roli nihoyatda yuqori bo‘lgan. Birgina shu omilning o‘zi mamlakatda zo‘ravonlik va ekstremizmga qarshi kurashning muhim huquqiy asosi bo‘lganligini e’tirof etgan holda, mamlakatda radikallashuvga qarshi kuchlarning, siyosatchilarning, partiyalarning, jamoat tashkilotlarining ham roli nihoyatda yuqori ekanini tan olmoq joiz.

Bugun mamlakat radikal kuchlarga qarshi murosasiz kurash olib borayotganligi va bu borada ko‘plab davlatlar tajribalariga tayanayotganligi, millatlararo munosabatlardagi (asosan panjobliklar va pushtunlar) ziddiyatlarni bartaraf etish uchun zamonaviy ta’limni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratayotganini e’tirof etmoq joiz. 

O‘ZBEKISTON...

Xorijiy davlatlarning “radikalsizlantirish” dasturlarini o‘rganish va tegishli xulosalar chiqarish O‘zbekiston uchun ham foydali bo‘lishi mumkin. Haqiqatdan ham, ayrim davlatlarda “kuch ishlatmaslik” usullari orqali ko‘plab ekstremistlarni zararsizlantirish va ularni osuda hayotga qaytarishga erishildi. 

Yuqorida ko‘rsatilgan mamlakatlar tajribalarini yetarlicha o‘rganish, tadqiq qilish asnosida O‘zbekistonda zo‘ravon ekstremizmga qarshi kurashish, radikallashuv darajasini pasaytirish va jamiyatda bunday salbiy unsurlar ko‘payishining oldini olish uchun kerakli tavsiyalar ishlab chiqildi. Ularni amaliyotga quyidagicha joriy qilish lozim deb hisoblaymiz:

1. Ekstremistik faoliyatga olib keladigan yoki jamiyatda radikalizm uchun asos bo‘layotgan holatlarni aniqlash;

2. Yoshlarda dunyoviylik ruhiyatini mustahkamlaydigan ilmiy, ma’naviy tadqiqotlarni ko‘paytirish va ularning xulosalarini amaliyotga joriy qilish;

3. Mamlakatda obro‘ga ega bo‘lgan diniy arboblar va ulamolarni ekstremizmga va radikalizmga qarshi profilaktik jarayonlarga keng jalb qilish;

4. Yoshlarda milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘ularini kuchaytirish orqali zo‘ravonlikka, ekstremizm va radikalizmga qarshi immunitetni mustahkamlash va kuchaytirish;

5. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda radikalizmning oqibatlari, uning sabablari to‘g‘risida qisqa lo‘nda axborotlarni tarqatishning ta’sirchan uslublari hamda mexanizmlarini ishlab chiqish;

6. Radikal kayfiyati yoki ekstremistik xulq-atvori aniqlangan toifalar bilan ishlashning ma’rifiy uslublarini joriy qilish, ularni jahon adabiyotining durdona asarlarini o‘qishlari va anglashlari uchun shart-sharoit yaratish, zarur bo‘lsa, bunga majbur qilish;

7. Radikalizm va zo‘ravon ekstremizm aslida Islom dinini qo‘llab-quvvatlash emas, jamiyatni jaholatga boshlab, taraqqiyotdan ortda qoldiradigan va qoloqlikka yuz tutishiga sabab bo‘ladigan omil ekanligini ilmiy-ma’rifiy isbotlagan tadqiqot namunalarini yaratish hamda turli axborot vositalari orqali maqsadli auditoriyaga yetkazish;

8. Ekstremizmga qarshi kurashda xotin-qizlarning roli va imkoniyatlariga yetarlicha e’tibor qaratilmayapti. Oila, mahalla, maktablar va shunchaki el orasida radikalizmni kamaytirishda ayollardan samarali foydalanish mumkin. Shu sababli, bu mavzuga bag‘ishlangan ilmiy ishlar va tadqiqotlarni, shuningdek, sotsiologik izlanishlarni olib borish maqsadga muvofiq.

9. Radikalizm va zo‘ravon ekstremizmga qarshi kurashish borasida katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan xorijiy mamlakatlar bilan tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, ularning mutaxassislarini ma’lum bir maqsadli vazifalar uchun jalb qilish kabilarni amaliyotga joriy etish o‘z samarasini beradi.

Dilshod IBROHIMOV,

“Muloqot” jamoat birlashmasi ijrochi direktori

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekstremizmga qarshi kurashishda xalqaro tajriba: jiddiy muammolar saqlanib qolmoqda