Ehtiromga loyiqinsonlar
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi vakillari, deputatlar hamda bir qator faol yoshlar Nukus shahrida yashovchi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi - Karnishina Mariya Ivanovna xonadoniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida bugungi tinch va osoyishta hayot ana shunday mard va fidoyi ajdodlarimizning qahramonligi evaziga bunyod etilgani alohida ta’kidlandi. Qahramon onaga chuqur minnatdorlik bildirildi.

Mamlakatimizda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti mehnat faxriylari hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasiga hurmat bajo keltirish, yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik, insonparvarlik, bag‘rikenglik va saxovat muhitini yanada mustahkamlash maqsadida tadbirlar davom etmoqda.

Zero, inson qadrini ulug‘lash, millati, tili va dinidan qat’i nazar, barcha yurtdoshlarimizga mehr va e’tibor ko‘rsatish Konstitutsiyamiz va “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan bosh tamoyil sifatida bugungi kunda har bir soha va tarmoqda faoliyatimiz mezoniga aylanmoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA