Ebola kimlar uchun xavfli?
“Bundibugyo” virusi bilan kasallangan bemorlarni davolash tajribasiga ega ugandalik shifokor Elija Kiiza "RIA Novosti" agentligiga bergan intervyusida keksalar va diabetga chalinganlar uchun Ebola virusini yuqtirish xavfi yuqori ekanini ta’kidladi.
“Qariyalar xavf ostida, chunki ular odatda zaif immunitet tizimiga ega. Diabet bilan kasallanganlar ham ebolani oson yuqtirishi mumkin”, dedi u.
Agentlik manbasi alomat bunday bemorlarda tez rivojlanib borishi, bolalarda esa taxminan bir yarim hafta davom etishi mumkinligini ta’kidladi. Shuningdek, mutaxassis ushbu zararkunanda homilador ayollar sog‘ligi uchun ham jiddiy xavf tug‘dirishini qo‘shimcha qilgan.
Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Kongo Demokratik Respublikasi va Ugandada “Bundibugyo” virusi keltirib chiqargan Ebola epidemiyasini sog‘liqni saqlash tizimi uchun xalqaro miqyosda tashvish uyg‘otadigan favqulodda holat, deya e’lon qilgan edi.
Yovvoyi hayvondan odamga yuqadigan mazkur ofatning dastlabki belgilari isitma, mushak qisqarishi, bosh og‘rig‘i va tomoq og‘rig‘i bilan namoyon bo‘ladi. Shundan so‘ng buyrak va jigar faoliyati buziladi, ba’zi hollarda ichki va tashqi qon ketishi kuzatiladi.
JSSTning Rossiyadagi idorasi Ebola faqat virusdan kasallangan yoki vafot etgan odamning qoni, tana suyuqligi bilan bevosita aloqa yo‘li bilan, shuningdek ifloslangan buyum va sirt orqali yuqishi mumkinligiga ham e’tibor qaratgan.
17-may kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Kongo Demokratik Respublikasi va Ugandada Ebola epidemiyasini xalqaro miqyosda tashvish uyg‘otadigan sog‘liqni saqlash favqulodda holati sifatida e’lon qildi.
S.Rahimov, O‘zA