Qozog‘istonning Almati shahrida kadetlar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo kubogi O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Ikki kunlik bellashuvlar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 6 ta oltin, 7 ta kumush, 16 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Musobaqa mezboni Qozog‘iston termasi 6 ta oltin, 7 ta kumush va 14 ta bronza medal bilan ikkinchi bo‘ldi. Kuchli uchlikdan Mo‘g‘uliston terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush medali bilan joy oldi.     

Musobaqada, Adiba Kenjayeva, Sarvinoz Abdusamatova, Nargiza Do‘stmamatova, Zarina Bobonazarova, Dilshod Karimov va Umrzoq Qurbonmurotov oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Dilruh Hasanova, Amirxon Nizomiddinov, Fotima Zokirova, Sarvinoz Rafkatova, Mushtariybegim Afsalova, Muhammadali Sa’dullayev  hamda Abduxalil Abdushukurov kumush medal bilan taqdirlandi.   

Kubokning bronza medali esa Umida Qo‘ldosheva, Gulmira Xolmurzayeva, Sabina Azamatova, Gulbahor Imomnazarova, Gulsanam Hazratova, Nigina Saparboyeva, Zuhrajon Umarova, Shoira Aminova, Temurbek Rahimov, Olimjon Ne’matullayev, Amirxon Ozodov, Muhammadjon Masharipov, Quvonchbek Xolmamatov, Botir Yo‘ldoshev, Ollanazar Qodirov, Alibek Hayitboyev kabi polvonlarimizga nasib etdi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudochilarimiz Osiyo kubogini 29 ta medal bilan yakunladi