Mamlakatimizda 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni sifatida keng nishonlanadi. Mazkur bayram munosabati bilan boks bo‘yicha jahon va qit’a birinchiligi sovrindorlari, Olimpiya hamda Osiyo o‘yinlari g‘oliblari barcha ustoz va murabbiylarni qutlaydi.
Xususan, boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionati g‘olibi Abdumalik Xalokov, boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida jahon chempionati kumush medali sohibasi Navbahor Hamidova, boks bo‘yicha Osiyo birinchiligi hamda o‘yinlari g‘olibi, professional charm qo‘lqop ustasi Isroil Madrimov, boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionati g‘olibi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev bayram munosabati bilan o‘zlarining ezgu tilaklarini bildirishdi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/MZ4nmzG8xVE?si=OEcP3RYgFjwzBkrQ" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Javohir Toshxo‘jayev,
To‘lqin Ro‘ziyev,
O‘zA