DTM – daromad topish manbai(mi?)
"Imtihonga qoʻyilmaganlarni pulini qaytarib berish kerak! Kelmagan boʻlsa boshqa gap".
Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi “Oʻzbekistonda Adolat” guruhi foydalanuvchisi Matsur Zohirov tomonidan “Adolat degani shu boʻlsa kerak” sarlavhasi ostida post joylashtirdi. Unda “KORONAVIRUS SABAB IMTIHONDA QATNASHA OLMAGAN ABITURIYENTGA TOʻLAGAN PULI QAYTARILMAYDI – DTM” mazmunidagi maʼlumot qayd etilgan. Ushbu shaxsiy fikrga juda koʻpchilik yurtdoshlarimiz oʻz munosabatini bildirishdi. Ulardan ayrimlarini eʼtiboringizga havola etamiz.
Dilorom Ahadjonova:
- Davlatimiz bitiruvchilarga tadbirkorlik, hunar bilan shugʻullanishlari uchun foizsiz kredit, sarmoya beryapti 20 sotixdan yer beryapti.
Toʻlqin Toshev:
- DTMniyam toʻgʻri tushuninglar. Imtihon boʻlmasa, bunkerlar, «rektorskiy» gruppalar, x-variantlardan keladigan pullardan mahrum boʻlishdi. Hech boʻlmasa shu yoʻl bilan pul ishlasin.
Rahima Xodjayeva:
- Bularni kechagi gapi bugunga toʻgʻri kelmaydi, kechagina isitmasi boʻlsa qoʻyilmaydi, imtihon tugagandan keyin 3, 4 kun oʻtib topshiradi degan edi.
Xurshida Holiqova:
- Imtihonga qoʻyilmaganlarni pulini qaytarib berish kerak! Kelmagan boʻlsa boshqa gap.
Muhabbat Qodirova:
- Adolatsizlik ota onalar qancha qiynalib toʻlagan u pullarni. Farzandimni oʻqitaman deb.
Nargiza Karimova:
- Nimalar deyapsiz hurmatli amaldor? Yoshlarni ruhini sindirib nima qilasiz???
Dilshod Fayz:
-Nahotkiii... ”Koronavirus sabab imtihonda qatnasha olmagan oʻquvchilar roʻyxati shakllantiriladi, maʼlum bir muddatdan soʻng ular uchun maxsus imtihon tashkillashtiriladi. Har ikki holatda ham qatnasha olmagan oʻquvchilarning pullari qaytarib beriladi!” - degan tartibni joriy qilish, oʻylab topish va amalga oshirish shunchalik qiyin boʻlsa?!
Umida Yerimova:
- Qiziq, bu pullar qayerga borib toʻxtarkan, kim egalik qilarkan? Koʻpchilik oxirgi tiyinlarini toʻlagan, bu aniq fakt!
Said Komilovich:
- Unaqa demanglar janoblar!! Men kollejda oʻqituvchiman. Shu toʻloviniyam zoʻrgʻa toʻlab, hujjatlarini muddatni oxirida zoʻrgʻa topshiradigan oʻquvchilarim bor. Men ular bilan 3 yil ishlab, oilaviy sharoitini juda yaxshi bilaman! Bir narsani tadbiq qilayotganda sal quyidan chiqib baho beringlar! Iltimos!!!
Olimjon Rahimov:
- Yemagan somsaga pul toʻlash shunaqa boʻladi, mana senga adolat! Bunday fikr bildirganlar Vatan xoini deyiladi, negaki odamlarda nafrat, ishonchsizlikni uygʻotadi.
Mavzu yuzasidan aytar soʻzimiz, dastlab bitiruvchining oʻzi kimligini teran anglab olishimiz shart. U ota ona qaramogʻidagi fuqaro. Ammo har biri oʻqishni niyat qiladi. Kunlik daromad topadigan qanchadan qancha oila vakillari bugungi vaziyatda qiyin ahvolga tushib qolishgan. Toʻlov uchun puli yetmagan qanchadan qancha abituriyentlar hujjat topshirolmadi. Imtihonga qatnasholmaydigan abituriyentning pulini qaytarib berish shart deb hisoblaymiz.
Siz nima deysiz?
Manija Bahriyeva,
jurnalist