Dohadagi sammitda raqamli transformatsiyaning strategik maqsadlari taqdim etildi
Qatarning Doha şahriga amalga oşirilgan xizmat safari doirasida raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatov GSMA tomonidan taşkil etilgan "Sovereign AI & National Digital Strategy Summit" yuqori darajadagi sammitida iştirok etdi.
Vazir sammitda Özbekistonning raqamli transformatsiya va sunʼiy intellekt sohasidagi ustuvor yönalişlari yuzasidan taqdimot ötkazdi. Taqdimot davomida mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş, sunʼiy intellekt texnologiyalarini turli sohalarga keng joriy etiş hamda uşbu yönalişlarda amalga oşirilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Şuningdek, 2030-yilga qadar erişilişi közda tutilgan strategik maqsadlar va ustuvor vazifalarga töxtalib ötildi. Jumladan, sunʼiy intellekt sohasida xizmatlar va dasturiy mahsulotlar eksportini yanada oşiriş, davlat xizmatlariga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etiş böyiça belgilangan rejalar alohida taʼkidlandi.
Şu bilan birga, Özbekistonda sunʼiy intellekt loyihalarini amalga oşiriş, "Beş million sunʼiy intellekt yetakçisi" taşabbusi orqali aholining AI savodxonligini oşiriş, milliy superkompyuter infratuzilmasi va maʼlumotlar markazlarini rivojlantiriş borasida erişilgan natijalar taqdim etildi.
Sammit doirasida sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş, ilğor tajribalar almaşiş hamda mamlakatimizga xorijiy investitsiyalarni jalb etiş istiqbollariga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Nigora Rahmonova,
ÖzA