«Dinamo» PFK Jahongir Oʻrozovning «Rubin»ga ijaraga berilganini rasman eʼlon qildi
Ikki taraf oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, 22 yoshli markaziy himoyachi keyinchalik toʻliq sotib olish huquqi bilan 2026-yil yakuniga qadar Qozon klubiga ijaraga berildi.
Samarqandning «Dinamo» futbol klubi himoyachi Jahongir Oʻrozovning transferi boʻyicha Rossiyaning «Rubin» (Qozon) jamoasi bilan kelishuvga erishganini maʼlum qildi.
Ikki taraf oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, 22 yoshli markaziy himoyachi keyinchalik toʻliq sotib olish huquqi bilan 2026-yil yakuniga qadar Qozon klubiga ijaraga berildi. J. Oʻrozovning «Dinamo» PFK bilan tuzgan amaldagi kelishuvi 2027-yil oxiriga qadar moʻljallangan.
Jahongir Oʻrozov 2024-yilda «Dinamo» tarkibiga kelib qoʻshilgan boʻlib, oʻtgan davr mobaynida jamoa safida 55 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan va 1 ta gol urgan. U Samarqand klubidagi barqaror oʻyinlari evaziga Oʻzbekiston milliy terma jamoasidan chaqiruv olgan hamda JCH-2026 doirasidagi Kolumbiya va Kongo DR terma jamoalariga qarshi bahslarda ishtirok etgan.