«Barselona» Joau Kanselu transferini yakunlash arafasida
Qayd etilishicha, J. Kanseluning oʻzi «Barselona» bilan ikki yillik shartnoma shartlarini kelishib olgan.
Ispaniyaning «Barselona» klubi portugaliyalik himoyachi Joau Kanseluning toʻliq transferini amalga oshirishga yaqin turibdi.
Diario SPORT nashrining maʼlum qilishicha, Kataloniya jamoasi 32 yoshli futbolchini sotib olish boʻyicha Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi bilan bitim shartlarini yaqin kunlarda rasmiylashtiradi. Transfer uchun toʻlanadigan kompensatsiya miqdori taxminan 10 million yevroni tashkil etishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, J. Kanseluning oʻzi «Barselona» bilan ikki yillik shartnoma shartlarini kelishib olgan. Portugaliyalik himoyachi yozgi transfer oynasi boshidanoq «Spotify Kamp Nou»ga qaytishni asosiy maqsadi sifatida belgilab, boshqa barcha muqobil takliflarni rad etgan.