Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashi tomonidan ichimlik suvi ta’minoti va oqava suv xizmatlarining yangi tariflari tasdiqlandi.

Viloyatda hozirgacha bir metr kub ichimlik suvining o‘rtacha tarifi aholi uchun 1 ming 30 so‘m, byudjet tashkilotlari va boshqa ulgurji istemolchilar uchun 1 ming 250 so‘m, kanalizatsiya xizmatlari bo‘yicha 1 kub oqava suv uchun aholiga 380 so‘m, byudjet tashkilotlari uchun va boshqa ulgurji istemolchilar uchun 460 so‘mni tashkil qilgan.

Sessiyada deputatlar ushbu masalani qizg‘in muhokama qilinganlaridan so‘ng, “Jizzax suv ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 1 metr kub ichimlik suvi narxini aholi uchun 2 ming 500 so‘m, byudjet va ulgurji tashkilotlar uchun 3 ming 500 so‘m, oqava suvning 1 metr kubi aholi uchun 1000 so‘m, byudjet va ulgurji tashkilotlar uchun 1 ming 500 so‘m qilib belgilash to‘g‘risidagi taklifini ma’qulladi.

Shunday qilib, ichimlik suvi narxi ikki baravardan, oqava suvni chiqarib ketish xizmati uch baravardan ko‘proq oshadigan bo‘ldi.

Bu o‘zgarishlarning sababi va uning suv ta’minoti tizimi xizmatlariga, aholi turmushiga ta’sirini “Jizzax suv ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Zokir Mamarasulov quyidagicha izohladi:

– Suv dunyodagi eng muhim va ayni paytda eng arzon tabiiy resursdir. Ota-bobolarimizning bu bebaho suvni qadrlashga qaratilgan yaxshi ana’ana va urf-odatlariga qaramay hozirgi paytda xayot uchun zarur bo‘lgan bu ne’mat haddan tashqari ko‘p isrof bo‘layotir.

Biroq unutmasligimiz kerakki, suv manbalari cheksiz emas. Dunyo resurslari instituti taxminlariga ko‘ra 2040 yilga kelib jahonning 33 davlati suvning o‘ta tanqisligi bilan to‘qnashadi. Bu mamlakatlar orasida Markaziy Osiyo davlatlarining barchasi, jumladan, O‘zbekiston ham bor.

Agar hozirdan suvni tejash madaniyati keng singdirilmasa va ushbu resursni asrashga doir keskin choralar ko‘rilmasa vaziyat iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy muammolarga olib kelishi muqarrar. Buni anglagan rivojlangan mamlakatlarning aksariyati suvdan tejamkorlik bilan foydalanishni yo‘lga qo‘ygan.

Ammo bugungi kunda xonadonlarda suvdan foydalanishda isrofgarchilik juda yuqori. Ayniqsa, hovlilarda ochiq havzalarni ichimlik suvi bilan to‘ldirish, bog‘larni soatlab vodoprovod tarmog‘idan sug‘orish, avtomobillarni yuvish oddiy holga aylangan. Favvoralar va mikroklimat deb atalmish suv purkash tizimi qimmat ichimlik suvini katta miqdorda sarflayotir.

Savdo do‘konlarida 1 litr plastik qadoqdagi suv o‘rtacha 2 ming so‘mdan, choyxonalarda 2 ming 500 so‘mdan sotiladi. Suv ta’minoti korxonalari tomonidan markazlashgan tarmoqlar orqali yetkazib berilib, jumrakni burasa oqib keladigan ichimlik suv qiymati do‘konlarda sotilayotgandan arzon.

Xuddudi shunday ichimlik suvini elektr energiyasi, tabiiy gaz narxlari bilan qiyoslaganda ham o‘ta arzon. Isrofgarchilik arzonning qadri yo‘qligidan emasmikan?

Biroq aholiga arzon yetkazib berilayotgan ichimlik suvi narxi aslida ancha qimmat. Ayniqsa viloyatda suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini yaxshilash borasida 3 ta yirik loyiha amalga oshirilgani, yana ikki loyihada ishlar davom etayotgani hamda bu loyihalarga xorijiy bank kreditlari jalb etilgani bois xarajatlar ortib borayotir.

Amaldagi tariflar 2019 yil 15 avgustdan kuchga kirgan bo‘lib, o‘tgan davrda elektr energiyasi narxi 36 foizga oshdi. Ushbu tariflar bilan, yuqoridagi xarajatlar va OTB kreditlarini to‘lash majburiyatlarini bajarish imkoni yo‘q.

Korxona 2019 yilda OTB olingan kredit qarzlarining 8,1 milliard so‘mini bajarilgan pudrat ishlaridan olgan daromadlari hisobidan yopgan. 2020 yilda korxona o‘z faoliyatini katta zarar bilan yakunlaydi.

Prezidentimizning joriy yil 17 iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ichimlik suv va kanalizatsiya tizimini yaxshilashda har bir hududning o‘ziga xosligidan kelib, suv ta’minoti hududiy korxonalarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish xarajatlarini inobatga olgan holda tariflarni Xalq deputatlari tomonidan tasdiqlash tartibini yo‘lga qo‘yishni topshirgan edi. Shundan kelib chiqqan holda, “Jizzax suv ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan kiritilayotgan loyihalar hamda ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari tariflari monopoliyaga qarshi kurashish va narxlarni tartibga solish organlari bilan har tomonlama o‘rganib chiqildi.

Shu o‘rganishlar, tortishuvlar va bahslar natijasida ushbu organlardan tegishli xulosalar olindi. Xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyada bu tariflar deputatlar tomonidan har tomonlama muhokama qilib ma’qullandi.

Asosiy maqsad suv arzon bo‘lganligi uchun uning narxini ko‘tarish emas. Aksincha, qancha arzon bo‘lsa, xalqimiz uchun shuncha yaxshi. Shu bilan birga kommunal sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish, xorijiy tajribalarni qo‘llash bilan bog‘liq xarajatlarning oshayotgani ham hisobga olinishi tabiiy. Maqsad suvni behuda isrof qilmaslik. Undan oqilona foydalanish va uning qadr-qimmatini anglashdir.

Shu o‘rinda Jizzax viloyatida ichimlik suv va oqova suv uchun belgilangan yangi tariflar respublikamizning boshqa hududlarnikidan yuqori emasligini ham aytib o‘tish kerak.

T. BEKNAZAROV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputatlar Jizzax viloyatidagi ichimlik suvining yangi ta’rifini belgiladi