O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari hududlarda iqtisodiy rivojlanish, aholi bandligini ta’minlash, yoshlarni xorijiy tillar va bozorda talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘qitish orqali yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratish borasida o‘rganishlar olib bormoqda.

Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Narimon Umarov Quyi Chirchiq tumanida hokimlik rahbariyati va tegishli tashkilotlar mas’ullari bilan o‘tkazilgan muloqotda hududning investitsiya dasturlarini amalga oshirish, aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash va kambag‘allikni kamaytirish masalalarini muhokama qildi. 

Muloqotlar chog‘ida mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, korrupsiyaning oldini olish va aholi salomatligiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tuman hokimi va mas’ul mutasaddilar ishtirokida Prezident huzurida joriy yil 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan iqtisodiy muhokamalarda belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, tumanda yil yakunigacha kutilgan iqtisodiy natijalar hamda 2026 yilga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar muhokama qilindi. Bu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar bo‘yicha amaliy taklif va tashabbuslar ishlab chiqildi. 

Quyi Chirchiq tumanidagi Gul va Xo‘ja mahallalarida “Mahalla yettiligi” bilan o‘tkazilgan muloqotlarda mamlakatimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilindi. Aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini kengaytirish, illatga murosasiz kurashish va profilaktika tadbirlarini samarali tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi. 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Xo‘ja mahallasida 3 ming 57 nafar aholi yashaydi, shulardan 657 nafari yoshlar, 1460 nafari xotin-qizlardir. Mahallada tadbirkorlik va dehqonchilik faol rivojlangan bo‘lib, aholi asosan baliqchilik va qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadi. 

Deputat shu mahalladagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, yaqinda foydalanishga topshirilgan yopiq sport zali faoliyati bilan ham tanishdi. Shu bilan birga, mahalla faollari bilan muloqotda ularning ish jarayonida uchrayotgan ma’muriy va byurokratik to‘siqlar hamda korrupsiyaga imkon beruvchi omillar muhokama qilindi. To‘y va marosimlarda ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, halollik va shukronalik bilan hayot kechirish muhimligi aytildi. 

Ayniqsa, “qizil” toifadagi mahallalarda jinoyatchilik sabablarini chuqur tahlil qilish va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tinglandi. Shuningdek, Birlik mahallasida joylashgan 28-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, issiqlik tizimining uzluksiz ishlashi ko‘zdan kechirildi. Deputat tomonidan targ‘ibot vositalarini ko‘paytirish va profilaktik tadbirlarni muntazam o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 

Barcha uchrashuvlarda Parlament tomonidan qabul qilingan yangi qonunlar hamda Prezident farmon va qarorlarining mazmun-mohiyati, ularda belgilangan muhim topshiriq va vazifalar saylovchilarga yetkazildi. 

A.Musayev, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputat hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o‘rgandi