Deputat tomonidan ijtimoiy soha, tadbirkorlik va ekologik taşabbuslar örganildi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Botirali Şodiyev Navoiy viloyatining Nurota va Xatirçi tumanlarida bölib, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi, aholini qiynayotgan masalalar, taʼlim va tibbiyot muassasalaridagi şaroitlar, tadbirkorlik subʼektlari faoliyati hamda atrof-muhitni muhofaza qiliş borasida amalga oşirilayotgan işlarni örgandi.
Örganişlar davomida deputat nafaqat mavjud holat bilan tanişdi, balki ayrim muammolarning amaliy yeçimi, mahalliy imkoniyatlardan samarali foydalaniş, aholi bandligini taʼminlaş va hududlarda ekologik muvozanatni mustahkamlaş masalalariga ham alohida eʼtibor qaratdi.

Deputatning Nurota tumanidagi örganişlari dastlab Nurobod mahallasi hududida joylaşgan 1-sonli umumiy örta taʼlim maktabidan boşlandi. Bu yerda taʼlim muassasasining 2026-2027-yilgi kuz-qiş mavsumiga tayyorgarligi, isitiş tizimi, moddiy-texnik imkoniyatlari va öquvçilar uçun yaratilgan şaroitlar közdan keçirildi.
330 örinli mazkur maktabda bugungi kunda 157 nafar öquvçi tahsil olmoqda. Ularga 26 nafar pedagog taʼlim-tarbiya bermoqda. Umumiy yer maydoni 4 gektarni taşkil etadigan taʼlim muassasasida qiş mavsumini betalafot ötkaziş, sinfxonalarda zarur haroratni taʼminlaş va öquv jarayonining uzluksizligini saqlaş masalalari muhokama qilindi.
Şundan söng deputat Nurobod mahallasida aholi vakillari bilan uçraşib, sayyor qabul ötkazdi. 2 350 nafar aholi istiqomat qilayotgan mahallada aholining asosiy daromad manbalari çorvaçilik, dehqonçilik va kaştaçilik hisoblanadi.
Uçraşuvda bandlikni taʼminlaş, oilalarning daromad manbalarini kengaytiriş, ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga muhtoj fuqarolar bilan manzilli işlaş masalalariga eʼtibor qaratildi. Mahallada 13 nafar fuqaro işsiz sifatida, 47 nafar esa tegişli ijtimoiy röyxatga kiritilgan. Bu borada mahalla masʼullari bilan hamkorlikda mavjud imkoniyatlardan foydalaniş va fuqarolar muammolariga individual yondaşiş muhimligi taʼkidlandi.

Nurota sanoat hududida Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlikda toşni qayta işlaş va granit mahsulotlari işlab çiqariş korxonasi faoliyati yölga qöyilgan.
13,5 gektar maydonni egallagan mazkur korxona 2026-yil 1-sentabrdan öz faoliyatini boşlagan. Bugungi kunda bu yerda 75 ta yangi iş örni yaratilgan. Korxona faoliyati mahalliy xomaşyoni çuqur qayta işlaş, tayyor mahsulot işlab çiqariş, hududning sanoat salohiyatini oşiriş va eksport imkoniyatlarini kengaytirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Deputat Mustaqillik mahallasidagi oilaviy şifokorlik punktida bölib, muassasaning iş faoliyati, kadrlar salohiyati va aholiga yaratilgan şaroitlarni közdan keçirdi.
Mazkur tibbiyot punkti 6 081 nafar aholiga xizmat körsatmoqda. Bu yerda 27 nafar xodim, jumladan, 4 nafar şifokor va 2 nafar laboratoriya mutaxassisi faoliyat yuritadi. Kuniga 40 nafardan 90 nafargaça bemorga tibbiy xizmat körsatiladi.

Uçraşuv çoğida tibbiy xizmatning sifati, aholining birlamçi tibbiy yordamdan foydalaniş imkoniyatlari va mavjud resurslardan samarali foydalaniş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Nurota tumanidagi örganişlarning yana bir muhim natijasi 29-umumiy örta taʼlim maktabida suv taʼminoti bilan boğliq muammoning amaliy yeçim topgani böldi.
Avvalgi örganiş davomida maktab hududida suv taʼminotini yaxşilaş, kökalamzorlaştirilgan maydonlarni saqlaş va köçatlarni muntazam suğoriş masalasi kötarilgan edi. Deputat taşabbusi bilan Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondining grant mablağlari hisobidan 80 million söm ajratildi va suv çiqariş işlari amalga oşirildi. Natijada maktab hududidagi 1 000 tup manzarali va mevali köçatni suğoriş imkoniyati yaratildi. Bu taşabbus taʼlim muassasasining obodonlaştirilgan hududini saqlaş, yoş avlodga ekologik tarbiya beriş va yaşil makonlarni kengaytiriş yölidagi amaliy qadam böldi.
Deputat Nurota tumanidagi örmon xöjaligiga qaraşli Soykeçar köçatçilik bölimida ham bölib, köçat yetiştiriş va parvarişlaş jarayonlarini örgandi.
150 gektar maydonni egallagan xöjalikda suğoriş uçun 3 ta artezian quduği mavjud. Bu yerda 20 ga yaqin turdagi manzarali va mevali daraxt köçatlari yetiştirilmoqda. Ularning umumiy soni 70 ming tupni taşkil etib, şundan 50 ming tupi ekişga tayyor holatga keltirilgan. Bodom, yapon sakurasi, örik, tut, qayrağoç, terak, zarang, şumtol, mojjevelnik kabi daraxt va buta turlarining yetiştirilayotgani hududlarni kökalamzorlaştiriş uçun muhim köçat zaxirasini şakllantirişga xizmat qilmoqda.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Xatirçi tumanida ham örganiş işlarini olib bordi.

Dastlab Tamabahrin mahallasidagi “Maqsad” fermer xöjaligiga qaraşli köçatçilik xöjaligi faoliyati bilan tanişildi. 1,5 gektar maydonda çinni gujum, katalpa, yasen va gujum kabi manzarali daraxt köçatlarini yetiştiriş yölga qöyilgan. Bunday xöjaliklar faoliyatini rivojlantiriş, mahalliy köçat yetiştiruvçilarni qöllab-quvvatlaş va yaşil hududlar uçun sifatli köçat zaxirasini köpaytiriş ekologik barqarorlikni taʼminlaşda muhim örin tutadi.
Ekologik masalalar bilan bir qatorda çiqindilarni qayta işlaş orqali iqtisodiy qiymat yaratiş masalasi ham deputat eʼtiborida böldi.
Bugungi kunda Mustaqillik mahallasida joylaşgan “Muhammad Ali quvonçi” MÇJda çiqindi karton va qoğozlarni qayta işlanib, tuxum mahsulotlarini qadoqlaş uçun karton lotoklar tayyorlanmoqda. Taqdim etilgan maʼlumotlarga köra, korxonada ikkita işlab çiqariş liniyasini taşkil etiş rejalaştirilgan. Har bir liniyada soatiga 18 ming donadan mahsulot işlab çiqariş imkoniyati paydo böladi. Loyihaning yillik işlab çiqariş quvvati 155 million donani taşkil etişi közda tutilgan. Uşbu loyiha töliq quvvat bilan işga tuşirilişi natijasida 160 ta yangi iş örni yaratiladi.

Deputat Damariq mahallasida joylaşgan tuman markaziy şifoxonasining maslahat-diagnostika bölimida bölib, tibbiy xizmat körsatiş jarayonlari, mavjud şaroitlar va raqamlaştiriş borasidagi işlar bilan tanişdi. Muassasada 46 nafar şifokor va 96 nafar hamşira faoliyat yuritmoqda. Örganiş davomida DMED axborot tizimining amaliyotga joriy etilişi, undan foydalaniş samaradorligi hamda tibbiy xizmatlarni raqamlaştirişning ahamiyati yuzasidan fikr almaşildi. Şuningdek, tibbiyot muassasasida hosil böladigan çiqindilarni sanitariya-epidemiologiya talablariga muvofiq yiğiş, saralaş, vaqtinça saqlaş va zararsizlantiriş masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Tamabahrin mahallasida yaşovçi Neʼmat Doniyorov va uning turmuş örtoği Sayyora Xolmurodova tomorqaçilik va boğdorçilikda katta tajribaga ega.
20 sotix maydonda taşkil etilgan xonadon boğida olma, nok, anjir, anor va boşqa mevali daraxtlar parvarişlanmoqda. Oila aʼzolari tomorqa yeridan unumli foydalaniş orqali nafaqat öz ehtiyojlarini taʼminlamoqda, balki barqaror daromad manbaiga ham ega bölgan.
Maʼlumotlarga köra, oilaning boğdorçilik faoliyatidan yillik daromadi qariyb 40 million sömni taşkil etadi. Bu xonadon tajribasi tomorqa yeridan oqilona foydalaniş, oilaviy mehnatni töğri taşkil etiş va mavjud imkoniyatlarni daromad manbaiga aylantiriş borasida ibratli misollardan biridir.

Tamabahrin mahallasida bölib ötgan uçraşuvda yettilik aʼzolarining özaro hamkorligi, fuqarolar murojaatlari bilan işlaş, ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga muhtoj oilalarni aniqlaş, aholi bandligini taʼminlaş va hududdagi mavjud muammolarni hal etiş borasidagi faoliyatiga eʼtibor qaratildi.
Deputatning Xatirçi tumanidagi örganişlari 22-umumiy örta taʼlim maktabida davom etdi.
1990-yilda foydalanişga topşirilgan, 2019-yilda rekonstruksiya qilingan mazkur taʼlim muassasasi 836 örinli bölib, ayni paytda unda 633 nafar öquvçi tahsil olmoqda. Maktabda 66 nafar pedagog hamda 28 nafar işçi-xodim faoliyat yuritadi.
Örganiş jarayonida maktabning kuz-qiş mavsumiga tayyorgarligi, isitiş tizimining holati, öquv xonalarida zarur haroratni taʼminlaş, moddiy-texnik imkoniyatlar va mavjud infratuzilma közdan keçirildi. Şu bilan birga, taʼlim muassasasi hududining kökalamzorlaştirilişi, yaşil maydonlarning holati, daraxtlarni parvarişlaş va obodonlaştiriş işlari ham eʼtibordan çetda qolmadi.

Nurota va Xatirçi tumanlarida olib borilgan örganişlar hududlar rivojida bir-biri bilan çambarças boğliq bölgan masalalarni yana bir bor namoyon etdi. Taʼlim sifati va muassasalar tayyorgarligi, birlamçi tibbiy xizmat, aholi bandligi, tadbirkorlik, çiqindilarni qayta işlaş, köçatçilik va yaşil hududlarni kengaytiriş – bularning barçasi inson manfaatlari va hududlar farovonligini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Abduvali Böriyev, ÖzA muxbiri