Denis Istomin “Kutaisi Open” turnirini g‘alaba bilan boshladi
Gruziyada tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida M25 toifasiga kiruvchi “Kutaisi Open” xalqaro turnirida uch nafar vakilimiz – Denis Istomin, Sergey Fomin va Maksim Shin yakkalik hamda juftlik bellashuvlarida bosh sovrin uchun raqobatlashmoqda.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, musobaqaning juftlik bahslarida tajribali tennischimiz Denis Istomin esa Maksim Shin bilan birgalikda ruminiyalik Lukash Gustin va kanadalik Nikolalon tandemini 7:6, 4:6 va 10:4 hisobida taslim etdi. Shu tariqa Denis va Maksim musobaqaning chorak finalida ispaniyalik Samuel de Felipe Garsiya va Jon Echeverriaga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Afsuski, Sergey Fomin italiyalik sherigi Aleksandr Binda bilan tandemda neytral tennischi Yevgeniy Filippov va armanistonlik Daniil Sarkisyan duetiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Darvoqe, mukofot jamg‘armasi 30 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi “Kutaisi Open” turnirining yakkalik bahslarida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sergey Fomin neytral tennischi Mixayl Kulyagin, Maksim Shin esa portugaliyalik Franchesko Faria bilan raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA