Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnalining 2025 yil – "Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili"ga bag‘ishlangan navbatdagi soni taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali Tahrir kengashining raisi, akademik Akmal Saidov mamlakatimizda inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, jamiyatda inson huquqlari madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalari, shu jumladan ilmiy-huquqiy jurnallarning o‘rni va ahamiyati haqida to‘xtalib, “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnalini yurtimizdagi yetakchi ilmiy-ma’rifiy jurnallardan biri ekanini e’tirof etdi.

Qayd etilganidek, bugungi kunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida inson qadri va xalq manfaatlari ustuvor bo‘lgan Yangi O‘zbekiston barpo etilmoqda. Davlatimiz va xalqimiz oldidagi bunday ulug‘ maqsadga erishish uchun avvalo jamiyatimizda inson huquqlari ta’minlanishini yanada mustahkamlash, aholining bu boradagi huquqiy bilimini oshirish g‘oyat muhim ahamiyatga ega.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi muassisligidagi “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali ayni shu dolzarb maqsadga erishish, inson huquqlarini himoya qilish va qonuniy kafolatlash borasidagi milliy amaliyot hamda xorijiy tajribani yoritishga ixtisoslashgan. Jurnal o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi dolzarb ilmiy hamda ma’rifiy maqolalarni yurtimizda va xalqaro miqyosda yoritib kelmoqda.

Tadbirda jurnal bosh muharriri Erkin Ernazarov jurnalning chorak asrlik tarixi, tahririyatning bugungi faoliyati haqida yig‘ilganlarga atroflicha ma’lumot berdi. Shuningdek, jurnalning 2025 yildagi birinchi sonida maqolalari nashr etilgan mualliflar o‘z maqolalari mavzusidan kelib chiqib ma’ruza qildi. 

Tadbir doirasida “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnalining 2025 yildagi birinchi sonida maqola nashr etgan har bir muallifga maxsus sertifikat topshirildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnalining taqdimoti o‘tkazildi