De Migelning ölimi bilan yakunlangan töqnaşuvdan söng «Andorra» darvozaboni 12 ta öyinga diskvalifikatsiya qilindi
Qaror çiqarishda oyoqning baland kötarilgani, ortiqça kuç işlatilgani va hodisaning fojiali oqibati hisobga olindi.
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi Intizom qömitasi «Andorra» darvozaboni Xesus Ovonoga 12 ta öyinlik diskvalifikatsiya belgiladi. Bunga darvozabonning «Tenerife» hujumçisi Xesus de Migel bilan töp uçun kuraşda oyog‘ini baland kötarib, ortiqça kuç işlatgani sabab böldi.
Hodisa 2-noyabr kuni Ispaniya Segundasining 12-turidan örin olgan uçraşuvning qöşib berilgan vaqtida yuz berdi. Ovono jarima maydonidan çiqib, maydon markazida havodagi töpni qaytarişga urindi va de Migelning kökragiga oyog‘i bilan zarba berdi. Hakam darvozabonga töğridan-töğri qizil kartoçka körsatdi. Şifoxonaga olib ketilgan 30 yoşli hujumçi ertasi kuni vafot etdi.
Qömita holatni intizom kodeksining 102-moddasi böyiça oğir qoidabuzarlik deb baholadi. Qaror çiqarishda oyoqning baland kötarilgani, ortiqça kuç işlatilgani va hodisaning fojiali oqibati hisobga olindi. Şu asosda Ovono mazkur modda böyiça eng yuqori jazo — 12 ta öyinlik diskvalifikatsiyani oldi.