De la Fuente JCH-2026 finalidan keyingi mojaro haqida: «Futbolchilarimiz jabrlanuvchi bo‘ldi»
FIFA Intizom qo‘mitasi finaldan keyingi janjal ishtirokchilariga nisbatan jazo choralarini e’lon qilgan.
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Argentinaga qarshi JCH-2026 finalidan (1:0, qo‘shimcha vaqt) keyin yuz bergan mojaro haqida fikr bildirdi.
“Ikki milliarddan ortiq inson qarshisida bunday manzara yuzaga kelishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Eng muhimi, futbolchilarimiz jabrlanuvchi bo‘ldi. Ularning hech biri bu to‘qnashuvlarga aloqador emasdi. Aslida, ushbu voqealardan eng ko‘p ular zarar ko‘rdi”, — dedi de la Fuente.
FIFA Intizom qo‘mitasi finaldan keyingi janjal ishtirokchilariga nisbatan jazo choralarini e’lon qilgan.
Argentina vakillaridan Leandro Paredes 10 ta, Nauel Molina 7 ta, murabbiy Roberto Ayala 3 ta, Tiago Almada esa 1 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.
Ispaniya safidan Gavi bir uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.