Davron Fayziyev: OCHLda klublarimizdan yuqori natija kutmayapman(+video)
Taniqli futbol sharhlovchisi Davron Fayziyev bilan o‘zbek futbolidagi ayni paytda eng dolzarb mavzular xususida suhbatlashdik.
Suhbat davomida mutaxassis Superligada kechayotgan keskin raqobat, chempionlik uchun kurash va mavsumning hal qiluvchi qismida jamoalarning imkoniyatlariga baho berdi.
Shuningdek, “Neftchi” va “Paxtakor”ning Elit Osiyo Chempionlar ligasidagi ishtiroki alohida muhokama qilindi. O‘zbekiston klublari qit’aning eng kuchli jamoalariga qarshi qanday natija ko‘rsatishi mumkin? Ulardan yuqori natija kutish mumkinmi? Davron Fayziyev bu borada o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.
Suhbatning yana bir muhim mavzusi — O‘zbekiston milliy terma jamoasi. Termadagi so‘nggi o‘zgarishlar, yangi yondashuvlar va jamoa oldida turgan vazifalar xususida sharhlovchimizning fikrlari bilan qiziqdik.
Intervyuni O‘zA “You Tube” sahifasida tomosha qiling.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/Tj0YBq-xzcs?si=7q92f4AEleqNQ230" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Karim Xudoyqulov, Oybek Davronov, O‘zA