Ulug‘bek Mirzayev: Futbolda katta yutuqlar o‘z-o‘zidan qo‘lga kiritilmaydi
Joriy yilning 11-iyun - 19-iyul kunlari AQSH, Kanada, Meksika davlatlarida futbol bo‘yicha navbatdagi Jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tadi.
Bugungacha mazkur chempionatda ishtirok etishi kerak bo‘lgan 48 ta milliy terma jamoaning 42 tasi ma’lum bo‘lgan.
Ular qatorida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari borligi mamlakatimiz futbol muxlislari qalbiga bir olam quvonch va iftixor bag‘ishlayotgani bor gap.
Darhaqiqat, yillar davomida kutilgan Jahon chempionati yo‘llanmasi qo‘lga kiritildiki, bu, nafaqat sport, balki yangi O‘zbekiston tamoyili asosida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport rivojini yangi yuksalish davriga olib chiqqani bilan katta ahamiyat kasb etdi.
Xo‘sh, Jahon chempionatida “K” guruhidagi raqiblarimiz bilan teng kurash olib bora olamizmi?
Milliy terma jamoamizning imkoniyatlari qanday?
Bosh murabbiy Fabio Kannavaro tomonidan olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari natija ko‘rsatishimizga zamin bo‘la oladimi?
Taniqli futbol eksperti, hozirda Bekobodning “Metallurg” futbol klubida bosh direktori vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan Ulug‘bek Mirzayev bilan o‘tkazgan suhbatimiz davomida shu haqdagi mavzular xususida fikr yuritildi.
Muloqot davomida, shuningdek, Milliy chempionatlarimizning yuqori va quyi ligalari, “Metallurg” jamoasining kelgusi rejalari, futbolchilarni jarohatlardan himoya qilish borasidagi ishlarni tashkil etish, muxlislar qo‘llovining ahamiyati kabi bir qator masalalar xususida so‘z bordi.
Batafsil quyidagi havolada.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/BIiK9SjD3eY?si=MjWpq5jVkmY1Tjxr" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>To‘lqin Ro‘ziyev,
Oybek Davronov (video),
O‘zA