O‘n kunlik doirasida bir qator targ‘ibot tadbirlari o‘tkazish rejalashtirilgan.

21 oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

Joriy yil o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 30 yil to‘ladi. Ushbu sana munosabati hamda o‘zbek tilining nufuzini jamiyatda yanada musthkamlash maqsadida O‘zbek tili va adabiyoti universiteti, “Yuksalish” umummiliy harakati, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi va boshqa qator tashkilotlar bilan hamkorlikda davlat tili o‘n kunligini o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.

O‘n kunlik doirasida bir qator targ‘ibot tadbirlari o‘tkazish rejalashtirilgan. Unda ona tilimiz rivojiga befarq bo‘lmagan ko‘plab soha mutaxassislari bu borada olib boriladigan ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish uchun o‘z takliflarini bermoqda.

O‘zbek tilining qadr-qimmatini oshirish, yosh avlod qalbida ona tiliga muhabbat tuyg‘usini yuksaltirish, davlat tilining nufuzini mustahkamlash masalalarida tavsiyalar ishlab chiqish boshlandi. O‘n kunlik doirasida «yo‘l xaritasi» ham belgilandi. Unga ko‘ra, mazkur ishchi guruh bu borada muntazam ish olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, uza.uz saytida 21 oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligi munosabati bilan turkum materiallar berib borilmoqda. Jumladan, saytimizda “Adabiy tilni asrash uchun unga qo‘riqchilar kerak” sarlavhali maqola chop etilgandi. Unda poytaxtimiz ko‘chalaridagi e’lon va reklamalar, savdo shoxobchalari peshtoqidagi ajnabiy so‘zlar bilan bitilgan nomlarini tilimizga katta hurmatsizlik deya baholab, jurnalist bu borada muayyan tizim yaratish, ya’ni maxsus vakolatli komissiya zarurligi haqidagi taklif bilan chiqqan edi. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat tili o‘n kunligini o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi
Жамият
12:30 / 23:09:2019