Davlat mukofotlari o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi
FOTOREPORTAJ
O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatib, yosh avlod kamoloti yo‘lida fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi.
Mazkur hujjatga muvofiq, Namangan viloyatidan ham besh nafar soha vakili yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi.
Namangan shahridagi «Ma’rifat maskani»da ana shu yuksak e’tirof sohiblariga orden va medallarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda soha faxriylari, faollar, o‘qituvchi va murabbiylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
[gallery-31730]
Tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov so‘zga chiqib, keyingi yillarda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish, uning sifat va samaradorligini oshirish, pedagoglarning jamiyatdagi nufuzini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga to‘xtaldi.
Shuningdek, viloyat rahbari davlat mukofotlari bilan taqdirlangan ustozlarni samimiy qutlab, ularning ko‘p yillik sharafli mehnati, kasbiga sadoqati va yosh avlod tarbiyasiga qo‘shayotgan munosib hissasini alohida e’tirof etdi.
Shundan so‘ng yuksak davlat mukofotlari o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi. Marosimda ustozlarning kasbiy faoliyatiga hurmat va ehtirom, ularning mehnatiga yuksak baho ruhi namoyon bo‘ldi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA