Yurtimizda davlatimiz rahbari boshchiligida ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, ayniqsa, yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Oliy ta’limni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va boshqa bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi, muhim chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirib borilmoqda.

Bu boradagi raqamlarga e’tibor qaratsak, 2016 yilda mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari soni 77 ta, qamrov darajasi esa 9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, ushbu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar natijasida oliy ta’lim muassasalari soni 160dan ortdi. Oliy ta’limga qabul kvotasi uch barobar oshirildi, qamrov darajasi yildan-yilga kengayib bormoqda.    

Oliy ta’lim sohasidagi samarali natijalar bu yilgi Davlat dasturi doirasida yanada keng davom ettiriladi. Boisi, jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, ularni xalqaro reytinglarga kiritish borasida qator maqsad-vazifalar o‘z aksini topgan.  

Jumladan, Davlat dasturi loyihasining 46-maqsadida oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta’lim sifatini oshirish borasidagi vazifalar qatorida professor-o‘qituvchilarni xorijiy davlatlarda malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun yuborish, respublika oliy ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish uchun xorijdan professor-o‘qituvchilarni jalb qilish masalalari ko‘zda tutilgan.  

Shuningdek, Davlat dasturi loyihasining 47-maqsadida 2026 yilga qadar 10 ta salohiyatli oliy ta’lim muassasasini QS va TNE xalqaro reytinglariga kirishga maqsadli tayyorlash vazifasi belgilangan. Unga ko‘ra, tanlab olingan 10 ta oliy ta’lim muassasalari ilmiy-pedagogik faoliyatining QS, THE xalqaro reyting agentliklari ro‘yxatiga kiritish talablariga muvofiqligini tahlil qilish hamda ushbu muassasalar professor-o‘qituvchilarining “Scopus”, “Web of Science”, “Science Direct” va boshqa nufuzli xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi ilmiy jurnallarida nashr etilgan maqolalari sonini 1 600 taga yetkazish maqsadlari ko‘zda tutilgan.  

Ta’kidlash joizki, bu boradagi maqsad-vazifalarning amaliyotga tatbiq etilishi mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Ta’limda malakali mutaxassislarning tajribalaridan unumli foydalanish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy qilish evaziga zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, ham bilim, ham muayyan ko‘nikmaga ega kadrlarni tayyorlash imkoniyati yuzaga keladi.  

Bir so‘z bilan aytganda, Davlat dasturi loyihasida oliy ta’lim sohasida aks etgan maqsad-vazifalar, ko‘zlanayotgan yuksak marralar  xalqimizning asosiy tayanchi va suyanchi bo‘lgan yoshlarning yuqori bilim va malakaga ega, raqobatbardosh kadrlar bo‘lib yetishishida muhim o‘rin tutadi. Oliy ta’lim olish imkoniyatlari kengayar ekan, har sohada o‘z o‘rniga ega malakali mutaxassislar soni ortishiga zamin bo‘ladi.  

Munisa Mirgiyazova,  

Toshkent davlat yuridik universiteti Xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat dasturi: oliy ta’lim sohasidagi vazifalar zamonaviy kadrlar tayyorlash imkoniyatini kengaytiradi