So‘nggi yillarda mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishning milliy tizimi faoliyatini xorij tajribalari asosida takomillashtirish bo‘yicha qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda.

O‘z o‘rnida, Milliy malakalar ramkasining joriy etilishi – kasbiy standartlarni ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi. Joriy yil sentyabr oyida o‘tkazilgan “Raqobatbardosh xodimlarni tayyorlashda ta’lim va mehnat bozori hamkorligi” mavzusidagi xalqaro seminarda “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, YUNESKO bilan hamkorlikda tarmoq kengashlari mutaxassislari uchun o‘quv-seminarlarini tashkil etish belgilangan edi. Poytaxtimizdagi “Turkistan Residence” mehmonxonasida YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari hamkorligida tashkil etilgan seminar ayni vazifa ijrosi yuzasidan xorijiy ekspertlar ishtirokida vazirlik va idoralar huzurida tashkil etilgan 29 ta tarmoq kengashlari mutaxassislarining malakasini oshirishga yo‘naltirildi. 

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, oxirgi 3 yilda oliy ta’lim muassasalari soni 65 tadan 151 taga yetdi, qabul o‘rinlari 66 mingtadan 181 mingtaga oshdi. Ularning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Xorijiy mamlakatlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida 64 ta yangi kasb bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Professor-o‘qituvchilarning maoshi o‘rtacha 3,5 baravarga oshirildi. Davlatimiz rahbari tomonidan davlat ta’lim standartlarini xalqaro standartlarga moslashtirish, barcha oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini kredit-modul tizimiga o‘tkazish xususida topshiriq berilgan edi. Shuningdek, o‘qitilayotgan fanlarni mazmunan qayta ko‘rib chiqib, ortiqcha takrorlanishlarni qisqartirish, bo‘shagan dars soatlari o‘rniga mutaxassislik fanlarini ko‘paytirish hamda talabalarga mustaqil ilmiy izlanish uchun imkoniyat yaratish, oliy ma’lumot talab qiladigan kasblarni optimallashtirish hamda iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur yangi kasblar bilan to‘ldirish vazifasi qo‘yilgan edi. 

[gallery-4692]

- 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab barcha davlat oliy ta’lim muassasalari o‘qitishning kredit-modul tizimiga o‘tdi va talabaga yo‘naltirilgan yondashuv asosida ta’lim tashkil etilishi belgilandi. Ta’limda o‘qituvchi va talaba o‘rinlari o‘zgardi. Aynan talaba o‘qitishning diqqat markazida bo‘lishi ta’minlanmoqda, - deydi Ta’lim inspeksiyasi rahbari o‘rinbosari Odil Qo‘ysinov. 

- Endi OTMlar o‘quv reja va dasturlarini mehnat bozori talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqishlari mumkin. Bu esa OTM va mehnat bozorining yelkama-yelka ishlashini taqozo etmoqda. Agarda mehnat bozori o‘z talablarini sodda va lo‘nda tilda OTMlarga yetkazib berolmasa, amalga oshirilayotgan islohotlar kutilgan natija bermaydi. Seminarda xorijlik ekspertlar malakalarni baholash zaruriyati, professional standartlar uchun YUNESKO loyihasining kelajakdagi rejasi, tarmoq malaka kengashlarini tashkil qilishda xalqaro amaliyotlar haqida ma’lumot bergan bo‘lsa, milliy ekspertlar O‘zbekistonda milliy malakalar doirasi, kasbiy standartlarning ta’lim sifatini ta’minlashdagi o‘rni haqida taqdimot o‘tkazdi. 

Fayzullo Yahyoyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy ta’lim muassasalari dasturlarini mehnat bozori talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqadi