Dahana ham kambağallikdan xoli göşaga aylanadi
Prezidentimiz ğoyasi bilan joriy etilgan “Kambağallikdan farovonlik sari” dasturi aholi turmuş darajasini oşirib, kambağallikni keskin qisqartirişda muhim dasturulamal bölib xizmat qilmoqda.
Bu jarayonda oğir ahvoldagi mahallalar infratuzilmasi tubdan yaxşilanmoqda. Mahallalarning faol nuroniylari kambağal oilalarga biriktirilib, ularning ijtimoiy-maʼnaviy muhitini yaxşilaş va soğlom turmuş tarzini tarğib qilişda iştirok etmoqda. Öz biznesini yuritiş uçun kambağal oilalarga foizsiz va garovsiz qarz ajratilmoqda. Qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş uçun uzoq muddatli ijaraga yer maydonlari berilyotir. Kambağal oilalarning farzandlari davlat boğçalariga imtiyozli qabul qilinib, talabalar yotoqxonasi xarajatlari qoplanişi va boşqa ijtimoiy kömak paketlari taqdim etilmoqda. Ehtiyojmand oilalarga manzilli ijtimoiy yordam körsatilib, kambağal oilalarning farzandlari kasb-hunarga öqitilyapti.

Dastur doirasida Surxondaryo viloyatida ham keng qamrovli işlar amalga oşirilib, kambağallik darajasi pasaytirilmoqda. Xususan, ötgan yil dastur doirasida 60 ming oilaning 274 mingdan ortiq aʼzosi kambağallikdan çiqarilib, vohaning kambağallik darajasi 9,3 foizdan 4,5 foizga tuşirildi. Bu yil Angor, Denov, Jarqörğon, Qiziriq, Muzrabot, Termiz tumanlari va Termiz şahrini “işsizlik va kambağallikdan xoli hudud”ga aylantiriş rejalaştirilgan.
Denov tumanidan işsizlik va kambağallikni çekintiriş uçun yaratilgan imtiyozlar va hududning boy salohiyatidan unumli foydalanişga alohida ahamiyat berilmoqda. Tadbirkorlik bilan şuğullaniş istagini bildirgan kambağal oilalar har taraflama qöllab-quvvatlanyotir. Qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirib, daromad topişga intilişi bor oilalar uçun ham zarur qulaylik yaratilmoqda.
Tumandagi Dahana mahallasida 1 ming 110 ta oila mavjud. Ularning 137 tasi ijtimoiy reyestrga kiritilgan. Bu oilalarda 659 nafar kişi yaşaydi. Ularning 46 tasi davlat taʼminotida bölib, 59 tasi kambağal va 32 tasi kambağallik çegarasidagi oilalardir.
Tahlillarga köra, yilning ötgan davrida mahalladagi kambağal oilalar 77 tadan 50 taga kamaygan. Lekin, kambağallik çegarasidagi oilalar 26 tadan 32 taga oşgan. Bu holat şu yönalişdagi profilaktik va manzilli işlarni yanada kuçaytirib, ularni qöllab-quvvatlaş samaradorligini oşirişni taqozo etmoqda.

Tuman hokimi Anvar Normamatov hududlarni kambağallikdan çiqarişda oqsayotgan “mahallalar yettiligi” bilan uçraşib, bu holning sabablarini örganmoqda. Mavjud holat bilan yaqindan tanişib, tegişli çora-tadbirlarni belgilab bermoqda.
Bu safar Dahana mahallasida bölgan hokim “mahalla yettiligi” aʼzolari bilan hududda kambağallikni qisqartiriş, aholi bandligini taʼminlaş, oilalarning daromad manbaini oşirib, yil yakunigaça kambağallikdan xoli göşaga aylantiriş masalalarini muhokama etdi. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan olib borilayotgan manzilli işlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etiş böyiça belgilangan çora-tadbirlar ijrosi yuzasidan “mahalla yettiligi” aʼzolarining hisobotlarini eşitdi. Kambağallik çegarasiga kelib qolgan oilalarning sabablari örganildi.
Tuman hokimi har bir oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holatini çuqur örganiş, mehnatga layoqatli kişilarni doimiy iş bilan taʼminlaş, kasb-hunarga öqitiş, tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlab, tomorqa yerlaridan samarali foydalaniş orqali qöşimça daromad manbalarini yaratiş masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun imtiyozli kredit va subsidiyalardan maqsadli foydalaniş, ehtiyojmand oilalarga manzilli ijtimoiy yordam körsatib, kambağallik çegarasidagi oilalarning daromadlari pasayib ketişining oldini oliş, har bir oila bilan alohida işlaş, mahallani yil yakunigaça kambağallikdan holi hududga aylantiriş uçun barça imkoniyatlardan foydalaniş yuzasidan muhim vazifalarni belgilab berdi.
Şu kuni Anvar Normamatov mahalla aholisi bilan ham muloqot qilib, ularning murojaat, muammo va takliflarini tingladi. Unda aholi bandligini taʼminlaş, oilalar daromadini oşiriş, ijtimoiy himoya va turmuş şaroitlarini yaxşilaş kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi. Aholi duç kelayotgan muammolarni birgalikda yeçiş yöllari izlandi. Mahallani işsizlik va kambağallikdan çiqarib, yanada fayzli, obod va farovon hududga aylantiriş yuzasidan fikr almaşildi.

Yilning ötgan davrida vohada “Kambağal oilalar reyestri”ga kiritilgan 45 ming 962 ta oilaning 212 ming 700 aʼzosiga 64 mingdan ortiq barqaror bandlik xizmati körsatilib, kambağallik darajasi sezilarli pasaytirildi. Yil yakunigaça viloyatning kambağallik darajasini 2,8 foizga, işsizlik darajasini 4 foizga tuşiriş közda tutilgan.
Xolmömin Mamatrayimov,
ÖzA muxbiri