Ömon naşri Özbekiston bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş istiqbollarini yoritdi
Ömonning nufuzli "Al Watan" naşri Özbekiston bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytiriş istiqbollariga bağişlangan maqola çop etdi.
Naşr maʼlumotiga köra, Masqat şahrida ikki mamlakat örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça hukumatlararo qöşma komissiyaning oltinçi yiğilişi bölib ötdi. Unda Özbekiston tomonidan investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov, Ömon tomonidan esa savdo, sanoat va investitsiyalarni rağbatlantiriş vaziri Anvar bin Hilol al-Jobriy iştirok etdi.
Yiğilişda özaro tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş, mahsulotlarning ikki mamlakat bozorlariga kirişini yengillaştiriş, qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşiriş hamda sanoat va logistika sohalaridagi aloqalarni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, qayta tiklanuvçi energetika, oziq-ovqat xavfsizligi, turizm, taʼlim va ilmiy tadqiqotlar hamkorlikning ustuvor yönalişlari etib belgilandi.
Investitsiyaviy şeriklik doirasida Ömon – Özbekiston investitsiya kompaniyasi faoliyatini kengaytiriş va qöşma loyihalar sonini köpaytiriş masalalari körib çiqildi.
“Al Watan” gazetasi ikki davlatning tegişli vazirlik va idoralari rahbarlari örtasida ötkazilgan ikki tomonlama uçraşuvlarga ham töxtalib ötdi. Xususan, Ömon investitsiya agentligi rahbari Abdussalom bin Muhammad al-Murşidiy Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov bilan muzokaralar ötkazib, investitsiyaviy loyihalar kölamini kengaytiriş istiqbollarini muhokama qildi.
Bundan taşqari, Ömon qişloq xöjaligi, baliqçilik va suv resurslari vaziri Saud bin Hamud al-Habsiy Özbekiston qişloq xöjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan uçraşdi. Muloqot çoğida agrar sohada tajriba almaşiş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, sohaga investitsiyalar jalb qiliş hamda qişloq xöjaligi mahsulotlari savdosini oşiriş masalalari körib çiqildi.
D.HAKIMOV,
ÖzA