Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi. Xabarda aytilishicha, Boku shahrida o‘tkazilgan uchrashuvda  Energetika vazirligi va Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi o‘rtasida elektr energiyasini saqlash tizimlarini qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Mazkur loyiha respublika bo‘ylab umumiy quvvati 2000 MVt soat bo‘lgan saqlash tizimlarini yaratishni nazarda tutadi.

Respublikada yagona bo‘lgan energetika tizimini mustahkamlashga qaratilgan mazkur loyiha turli hududlarda o‘rganish ishlari o‘tkazilgach ularning natijalari asosida elektr energiyasini saqlash tizimlari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 1,1 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Shuningdek, qurilish jarayonida 1000 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur kelishuvga BMT Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP-29) doirasida erishildi.

N. Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
COP-29: O‘zbekistonda 2000 megavatt soat quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimlari barpo etiladi