CNN: Ukraina jang maydonidagi askarlarni robotlar bilan almashtirmoqda
Uchuvchisiz uchish apparatlari va dronlar tufayli Ukraina qurolli kuchlari pozitsiyalarga hujum qilish va asirlarni qo‘lga olish imkoniyatiga ega, deb yozdi "CNN" nashri.
O‘lka harbiy mulozimi Nikolay Zinkevichning so‘zlariga ko‘ra, 2025-yil yozida bo‘lib o‘tgan amaliyotlarda asirlar piyoda askarlar ishtirokisiz robotlar va dronlar yordamida qo‘lga olingan.

– Biz hech qachon ko‘proq shaxsiy tarkibga ega bo‘lmasligimizni va dushman ustidan son jihatidan ustunlikka ega bo‘lmasligimizni tushunishimiz kerak, shuning uchun bu ustunlikka texnologiya orqali erishishimiz kerak, -dedi u.
Yer usti dronlari allaqachon havo hujumlari chun odatiy vositaga aylangan. Qurollangan shunday robotlardan biri Rossiya hujumini 45 kun davomida to‘xtata oldi. Zelenskiy bu jarayonning ko‘lamini tasdiqladi va so‘nggi uch oy ichida robotlar va dronlar 22 000 dan ortiq missiyalarni bajarganini aytdi.

Ta’kidlanishicha, mamlakat Mudofaa vazirligi yangi strategiyani ilgari surmoqda. Unda front chizig‘i bo‘ylab 15-20 kilometr chuqurlikda to‘liq avtomatlashtirilgan logistika va jangovar missiyalarga ega “vayronkorlik hududi” yaratish talab qilinadi.
Biroq bu muvaffaqiyatlarga qaramay, harbiylar sun’iy intellektni to‘liq joriy etishga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishmoqda.
- Yakuniy qaror har doim inson tomonidan qabul qilinishi kerak. Siz sun’iy intellektga qurol ishonib topshirasizmi? Uning do‘stni dushmandan ajrata olishiga qanday amin bo‘lishimiz mumkin?, -deb qo‘shimcha qilgan N.Zinkevich.
S.Rahimov, O‘zA