Çortoqda içimlik suvi taʼminoti yaxşilanmoqda
Namangan viloyati Çortoq tumanidagi “Çiğatoy” mahalla fuqarolar yiğini hududida aholini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş maqsadida quriliş işlari olib borilmoqda.
“Namangan suv taʼminoti” AJ direktori va viloyat prokuraturasi masʼullari mahallada bölib, amalga oşirilayotgan işlarning borişi hamda sifatini örgandi.
Loyiha doirasida 700 dan ortiq xonadonning içimlik suvi taʼminoti yaxşilanadi. Jumladan, 400 dan ziyod xonadon ilk bor markazlaşgan içimlik suvi tarmoğiga ulanadi.
Dastur asosida tumanning yana 6 ta mahallasida jami 29,7 kilometr içimlik suvi tarmoğini tortiş va bitta suv inşootini quriş rejalaştirilgan. Hozirga qadar pudratçi taşkilot tomonidan 2,5 kilometr suv tarmoği yotqizildi. Ayni paytda quriliş işlari davom etmoqda.
[gallery-32325]
Örganiş yakunida masʼullarga işlarni belgilangan muddatlarda va sifatli bajariş yuzasidan tegişli körsatmalar berildi.
Hotam MAMADALIYEV (surat), ÖzA