bugungi kunda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibida 84 ta yuqori kuchlanishli podstansiya va 11 400 kilometrdan ortiq 220–500 kilovolt kuchlanishli magistral elektr uzatish tarmoqlari mavjud.

Mazkur aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi mamlakat energo tizimida muhim ahamiyat tutuvchi Milliy dispetcherlik markazi tashkil etilgan. Raqamlashtirish dasturining yirik loyihalari aynan shu markazda amalga oshirilmoqda.

Elektr energiyasi ta’minoti umumtizimida ishlab chiqarish va iste’mol o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, tizimda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan avariya holatlariga qarshi rele himoyasi va avtomatika tizimining tezkor choralari kabi vazifalarni bajaradi. Oddiy til bilan aytganda, yuqori kuchlanishli havo liniyalarining aynan qayerida va nima sababdan nosozlik ro‘y berganini bir necha kilometr uzoqdagi boshqaruv pultidan turib bilish imkonini beradi. Hamda soniyalar ichida holatni barqarorlashtirish, buning uchun kerakli topshiriq-ko‘rsatmalarni berish — Markaz tomonidan samarali foydalanib kelayotgan raqamli dasturlarning bir qismidir.

Aksiyadorlik jamiyati Amerika Qo‘shma Shtatlarining USAID agentligi bilan hamkorlikda energetika tizimining ish rejimlarini hisoblash uchun mo‘ljallangan DigSilent Power Factory dasturi o‘zlashtirib, tegishli sertifikatlarga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, Jahon Banki bilan hamkorlikda O‘zbekiston energetika sohasidagi avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini raqamli texnologiyalarga o‘tkazish, ya’ni mavjud operativ-axborot kompleksini zamonaviy SCADA/EMS tizimi bilan almashtirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Rivojlangan mamlakatlar energetika sohasi hozirda bizga nisbatan ilg‘or va samarali ish bosqichda. Sohaning barqaror faoliyati ko‘p tomonlama mutaxassislarning bilim-salohiyatiga bog‘liq.

Oxirgi uch-to‘rt yilda  xalqaro moliya institutlar hamkorligida yuqori kuchlanishli 84 ta podstansiyalarning qariyb 50 foizida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda, bir qator investitsiya loyihalar natijasi amaliyotga tatbiq etilib, elektr ta’minotining ishonchliligi oshirilmoqda.

Keling, aniq raqamlarga to‘xtalaylik...

2021 yil birinchi yarimyillik yakunlariga ko‘ra mamlakatimizning magistral elektr tarmoqlari orqali 31,6 milliard kilovatt.soat elektr energiyasi transportirovka qilinib, reja 108,1 foizga bajarildi. O‘sish sur’ati 2020 yilning mos davri ko‘rsatgichi 25,9 milliard kilovatt.soatga nisbatan 122,1 foizni tashkil etdi.

Investitsiya dasturi doirasida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan jami 54,04 mln.doll. mablag‘ o‘zlashtirilib, reja 130,6 foizga bajarildi. O‘sish sur’ati 2020 yilning mos davri ko‘rsatkichiga nisbatan 130,7 foizni tashkil etadi.

Modernizatsiya dasturi asosida 7 ta podstansiyada yuqori kuchlanishli transformatorlar o‘rnatilib, ishga tushirildi. Bu mavjud umumiy quvvat ko‘rsatkichlariga olti oy ichida yana 631 megavoltamper quvvat qo‘shildi, degani. O‘sish sur’ati 2020 yilning mos davri ko‘rsatkichi — 422 megavoltamperga nisbatan 149 foizni tashkil etdi.

Qariyb chorak asr davomida deyarli yangilanmagan yuqori kuchlanishli elektr uskunalari oxirgi 4-5 yilda, investitsion loyihalar doirasida ajratilgan mablag‘lar hisobidan yangilanib, yangi-yangi elektr ob’ektlari qurilmoqda. Ammo bular hali rivojlanayotgan Yangi O‘zbekiston uchun yetarli emas...

Galdagi vazifalar — jadal sur’atlarda sifatli ish ko‘lamlarini bajarish, bu orqali aholini elektr ta’minotidan rozi qilib, yirik sanoat korxonalaridan tortib o‘rta va kichik biznes vakillari rivoji uchun ishonchli ta’minot yaratilishi lozim.

Aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibidagi korxonalarda chuqur diagnostika o‘tkazish va aniqlangan tizimli kamchiliklarni bartaraf etish, xarajatlarni qisqartirish, quvvatlarni modernizatsiya qilish maqsadida “McKinsey&Company” hamda «IKS Xolding» xalqaro konsalting kompaniyalari bilan hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda

Jamiyatda zamonaviy boshqaruv tizimlari va usullarini joriy etish bo‘yicha ISO 9001 «Sifat menejmenti tizimi» hamda ISO 37001 «Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlari» xalqaro standartlari sertifikatlari qo‘lga kiritildi.

2019 moliyaviy yilidan boshlab moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari joriy etilib, hozirda Jahon Bankining ko‘magida “Ernst&Young” xalqaro auditorlik kompaniyasi jalb etilgan.

Sohaga yangi jahon standartlarini joriy qilish, zamonaviy raqamli podstansiyalar va elektr tarmoqlarini qurish hamda ulardan foydalanishda ushbu standartlardan foydalanish maqsadida “Uzassystem” bilan tuzilgan shartnomaga asosan ishlab chiqilgan 524 ta standartni qo‘llash bo‘yicha «O‘zstandart» agentligining roziligi berildi.

Davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida qurilayotgan xususiy elektr stansiyalarini, avvalo qayta tiklanuvchi energiya manbalari negizida ishlaydigan stansiyalarni respublika energotizimiga ulash va ularni boshqarishni ta’minlash hamda ushbu ishlarni to‘g‘ri tashkil etish uchun Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan yollangan Adalid Asesores y Consultores (ADAYC) konsalting kompaniyasi bilan yaqin hamkorlikda ish olib bormoqda.

Xulosa shuki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida magistral elektr tarmoqlarini rivojlantirish, mavjud podstansiyalar quvvatini oshirib, yangilarini qurish, sohada raqamlashtirish, modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari bo‘yicha bo‘yicha bir nechta loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ulug‘bek URUNOV, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chorak asrda yangilanmagan elektr uskunalari yangilandi ammo bular yangi O‘zbekiston uchun yetarli emas...