Chiqindidan elektr energiya: yirik ekologik loyiha
O‘zbekistonda chiqindilarni qayta ishlash va ulardan elektr energiya ishlab chiqarishga qaratilgan 933 mln dollarlik yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Loyihaga ko‘ra, mamlakatning 6 ta hududida zamonaviy chiqindi yoqish va qayta ishlash zavodlari quriladi.
Zavodlar Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida joylashadi. Bu korxonalar chiqindilarni yoqish va qayta ishlash orqali elektr energiya ishlab chiqaradi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, loyiha to‘liq ishga tushgach:
yiliga 3,6 million tonna chiqindi qayta ishlanadi
1,6 milliard kVt/soat elektr energiya ishlab chiqariladi
Bu ko‘rsatkich mamlakatning energetika tizimi uchun muhim qo‘shimcha manba bo‘lishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, chiqindilarni boshqarish tizimida ham islohotlar davom etmoqda. 2025-yilga kelib chiqindilarni yig‘ish va tozalash qamrovi kengayib, bir qator poligonlar yopilgan. Rejaga ko‘ra, 2030-yilgacha poligonlar soni yana 50 foizga qisqartiriladi, shuningdek, 70 tagacha qayta yuklash stansiyalari quriladi.
Alohida yo‘nalish sifatida Navoiy viloyatida 260 mln dollarlik loyiha doirasida xavfli chiqindilarni qayta ishlash platformasi tashkil etiladi. U yiliga 330 ming tonna chiqindini xavfsiz utilizatsiya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Mutaxassislar bu tashabbusni ekologik muammolarni kamaytirish va “yashil energiya” ulushini oshirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholamoqda.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/3G7_FZIPuOs?si=bh6OypCLPnK5-Bx2" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Madinabonu Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA